Guruh: Ilmiy rahbari: Topshirgan sanasi



Yüklə 18,59 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü18,59 Kb.
#133317
mundarija kirish title


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
“STATISTIKA” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:


Bajardi:
Guruh:
Ilmiy rahbari:
Topshirgan sanasi:
Himoya qilgan sanasi:
Baho:


KIRISH
Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va SHarqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi.
Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu dasturga muvofiq, 2012 yilda qariyb 500 kilometrlik to’rt yo’lakli zamonaviy avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikasiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda O’zbekiston tomonidan transport majmuasini modernizasiya qilish va yangi xalqaro yo’nalishlarni ochish bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarildi.


Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin “Navoiy–Uchquduq–Nukus” temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste’mol yuklari etkazib berila boshlandi.
Respublikada temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi “G’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’li qurildi. 2007 yil 24 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining tantanali ochilishida so’zlagan nutqida “Asriy tog’u toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”, deb ta’kidlagan edi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi o’z kuch-qudratini va nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon e’tdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin.
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish ob’ektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning e’ng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi. “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod e’tilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi.

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………

I-BOB.TRANSPORT VA ALOQA………………….………………

1.1. O’zbekiston Respublikasida transport va aloqa faoliyatining ko’rsatkichlari………………………………………………………….

1.2. Yuk tashish va yuk aylanmasi


Transport turlari bo‘yicha yuk tashish va yuk aylanmasi………………
II-BOB. Yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasi….………………
2.1 Transport turlari bo’yicha yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasi………………………………………………………………
2.2 Tranzit tashuvlar …………………………………………………..
2.3 Yo’l-transporti xodisalari………………………………………….
2.4 Aloqa va kommunikatsiya sohasi………………………………….
Xulosa va takliflar……………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..
Yüklə 18,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin