Pul nazariyalari



Yüklə 392,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix13.06.2023
ölçüsü392,59 Kb.
#129673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Mustaqil ish



PUL NAZARIYALARI 
 
REJA: 
3.1. Pul nazariyasining mohiyati 
3.2. Pulning metallik nazariyasi 
3.3. Pulning nominallik nazariyasi 
3.4. Keynsning likvidlikning afzal ko‘rilishi nazariyasi 
3.5.Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi 
3.6. Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi 
3.7.Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi 
3.1. Pul nazariyasining mohiyati 
ul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha 
iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy 
adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks 
ettirmagan bo‘lsa.
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning 
mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda 
buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin
1
.  
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real 
foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan 
pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. 
Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi 
qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya 
sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar 
tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va 
mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi 
haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq 
qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi 
olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli 
vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. 
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab 
turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan 
mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar 
faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini 
ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi 
ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita 
sifatida pul maydonga chiqadi. 
Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida 
kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni 
1
Деньги. Кредит. Банки: учеб, – 2 изд., перераб. и доп. / под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, Изд – во Проспект, 2008. –С. 224. 



tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni 
talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. 
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan 
“maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning 
jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy 
adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul 
nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga 
ajratib o‘rganiladi.

Yüklə 392,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin