bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Fransiyada bu ta’limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi
iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani
savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga
oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb hisoblar
edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari
quyidagilardan
iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida
yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya
targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga
kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis
(1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta tiklanishiga
1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘ldi. K.
Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul
sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof
etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va bu oltin
monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiriladigan banknota
emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda, hech nima
bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi
metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart.
Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis ta’kidlashicha,
oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir.
I Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta
tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin
quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan
banknota ishlab chiqarishni
yoqlab chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: