Qozog‘iston Respublikasining 2020 yilgacha istiqbolli milliy klasterlarini
shakllantirish konsepsiyasida mahalliy klasterlarning global ta’minot
zanjirlariga kirishi ko‘zda tutilgan, bu esa milliy texnologik xavfsizlik darajasini
sezilarli darajada ko‘taradi, iqtisodiy o‘sish sifatini yaxshilaydi va
klasterlarning bir qismi bo‘lgan biznesning xalqaro raqobatbardoshligini
ta’minlaydi.
Jahon transport tarmoqlarining umumiy uzunligi dengiz yo'llarini hisobga
olmaganda 38 mln. kilometrdan oshiqni tashkil etadi:
avtomagistrallar - 26 mln. km;
temiryo'llar - 1,24 mln. km;
quvurlar - 1,8 mln. km;
havo yo'llari - 9,6 mln. km;
daryo yo'llari - 0,57 mln.km.
Rivojlangan mamlakatlar transport tarmoqlarining uzunligi jahon
transport tarmoqlari umumiy uzunligining 79 %ini tashkil etadi. Barcha turdagi
xizmatlarning jahon eksport va importida transport xizmatlari ulushi taxminan
25 % (5,5 trln. AQSh doll.)ni tashkil etadi.[4]
Logistik xizmatlar ko'rsatuvchilarning eng yirigi AQSh hisoblanadi. Ular
80-90 mlrd. AQSh dollarlik transport-ekspeditorlik xizmatlarini eksport
qiladilar. Ammo 90-100 mlr. AQSh dollari miqdoridagi transport ekspeditorlik
xizmatlarini import ham qiladilar. Mazkur xizmatning eng yirik eksportchilariga
Germaniya (25-26 mlrd. AQSh doll.), Yaponiya (40-45 mlrd. AQSh doll.)
hamda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Gongkong (22-28 mlrd. AQSh doll.),
Koreya v.b. Logistik xizmatlarni import qilishda AQShdan keyingi o'rinlarda
Gyermaniya
– 52 mlrd. AQSh doll. (7,56 %); Yaponiya – 42,3 mlrd. AQSh
doll. (6,24 %i); Buyuk Britaniya
– 35,8 mlrd. AQSh doll. (3,47 %i); Koreya
Respublikasi
– 29,9 mlrd. AQSh doll. (3,41%); Italiya – 22,6 mlrd. AQSh doll.
(3,3%), Gollandiya
– 16,6 mlrd. AQSh doll. (2,41 %) v.b.[5]
Ushbu mamlakatlarning jahon bozorida transport xizmatlarini sotish va
sotib olishdagi yetakchiligini ularning jahon tovar aylanmasi hamda xalqaro
mehnat taqsimotidagi faol ishtiroki bilan izohlash mumkin.
Metadologiya. Ushbu maqolada mavzu doirasida avval o
’rganilgan
tadqiqotlarni o
’rganib, tahlil qilgan holda biz o'rganishimiz, yechim topishimiz
kerak bo
’lgan savollarni shakllantirib oldik. Endi mana shu savollar asosida
transport logistika tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalasi
bo’yicha ma’lumotlar yig’amiz. Yig’ilgan ma’lumotlarni tanlagan tadqiqot
usullarimiz va tahliliy uslublarimizdan foydalanib chuqur tahlilni amalga
oshiramiz. Tahlil qilib, olingan natija va yechimlarimizdan kelib chiqib xulosa
qilamiz. Bu xulosalalarimiz asosida transport logistika tizzimining iqtisodiy
samaradorligini oshirish masalasi bo’yicha nazariy va amaliy taklif, hamda
tavsiyalar ishlab chiqishimiz mumkin.