MAVZU: JISMONIY MASHQLAR JISMONIY TARBIYANING ASOSIY VOSITASI Reja: Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining asosiy vositasi sifatida
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.
Jismoniy mashq, texnikasi
Ratsional (muvofiq, to’g’ri tanlangan) sport texnikasi.
Harakatlarning tavsifi
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti uchun davlat direktiv hujjatlarining ahamiyati Jismoniy tarbiya jismoniy tarbiya va sportning majburiy davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi (maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, o'rta va oliy o'quv yurtlari, armiya va boshqalar). Aholi jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadlari va asosiy vazifalarini amalga oshiradigan ushbu dasturlarda jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslangan vositalari, o'zlashtirilishi lozim bo'lgan motorli ko'nikmalar majmuasi, aniq norma va talablar ro'yxati mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining dasturi va me'yoriy asoslari kontingentning xususiyatlari (yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi darajasi, sog'lig'i holati) va jismoniy madaniyat harakati ishtirokchilarining asosiy faoliyati shartlari (o'qish, ishlab chiqarishda ishlash, armiyada xizmat qilish) bilan bog'liq holda aniqlashtiriladi.
Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan.
Jismoniy tarbiya yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlar va darsliklar o’zgarmaydigan narsa emas. Ularning mundarijasi hamisha o’zgarib takomillashib boradi. Dasturlarni takomillashtirish uchun jismoniy tarbiya yuzasidan olib boriladigan ilg’or ish tajribalari asos bo’ladi, bu ilg’or ish tajribalarini jismoniy tarbiya, pedagogika, ilmiy-tadqiqot va o’quv institutlari, shuningdek, amaliyotchilar – o’qituvchilar va murabbiylar muntazam ravishda o’rganib, umumlashtira boradilar. Jismoniy tarbiya yuzasidan qilingan ishlarning natijalari ilmiy jihatdan asoslangan normativlar tizimi – maktabgacha bo’lgan bolalar uchun tuzilgan dastur talablaridan boshlab to kattalar uchun tuzilgan dastur talablarigacha, malakali sportchilar uchun sport klassifikatsiyasiga qadar izchillik bilan hamisha ortib borayotgan talablarga muvofiq hisobga olinadi va baholanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuasi jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda muhim tarixiy voqyeadir. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi nizomda jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy, metodik va tashkiliy qoidalari aks ettirilgan. Bu maxsus testlar majmuasi – mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasidagi barcha dasturlarning negizi hisoblanadi.
Bular maxsus nizomlar to’g’risidagi hujjatlarda o’z amaliy ifodasini topadi. Hozir nishonlarning muayyan tizimi qaror topdi. Bu tizimga yoshlikdan boshlab izchillik bilan jismoniy tarbiyani boshlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuksak darajasini ta'minlash va sport mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish asos qilib olingan.
O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni asosida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo’llari belgilab berilgan.
O’zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etishning ikki: davlat va jamoa– havaskorlik shakli mavjud.
Jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshiradigan davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi: tug’ruqxonalar, bolalar yaslilari, bolalar bog’chalari, o’rta maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari, armiya va flot, sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish muassasalari. Bu davlat muassasalarida jismoniy tarbiya, odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Jamoa-havaskorlik jismoniy tarbiya tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
a) ishchilarni, xizmatchilarni, o’quvchilarni birlashtiruvchi havaskorlik kasaba uyushmasi jismoniy tarbiya tashkilotlari. Ular ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarga binoan quriladi.
Masalan, Xalq ta'limi vazirligiga qarashli o’quvchilarning “Yoshlik” sport jamiyati, oliy o’quv yurtlari sportchi- talabalarining “Talaba” sport jamiyati va hokazo.
b) idoralarga qarashli sport jamiyatlari, masalan, “Dinamo”.
v) armiya va flot ofitserlari uyi klublari huzuridagi harbiy xizmatchilarning sport tashkilotlari, masalan, “MHSK” (markaziy harbiy sport klubi).
g) O’zbekiston Respublikasi “Vatanparvar” jamiyati.
Jismoniy tarbiya sohasidagi havaskorlik ishlari sport jamiyatlarining bir o’zidagina o’tkazilmaydi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya xalq hayotiga, har bir oila, uning har bir a'zosi turmushiga mehnatkashlarning o’zlari tomonidan faol kuch-g’ayrat sarflash (ertalabki sog’lomlashtirish gimnastikasi, ishlab chiqarishdagi jismoniy mashqlar va boshqa ommaviy-sog’lomlashtirish tadbirlari) yo’li bilan joriy etiladi. Bunday jismoniy tarbiya ishi har bir mehnatkashning jismoniy tarbiya savodini muntazam ravishda oshirib borishni talab etadi. Bu vazifa maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, oliy o’quv yurtlari va jamoat jismoniy tarbiya tashkilotlari, jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari, salomatlik universitetlari va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, mehnatkashlarning mustaqil o’qishlari yo’li bilan hal etiladi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya ishiga sport jamiyatlari va tashkilotlari tomonidan saylab qo’yiladigan Markaziy kengash rahbarlik qiladi.