O`qituvchining boshqarish usullari reja



Yüklə 36,05 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü36,05 Kb.
#192107
  1   2
O`QITUVCHINING BOSHQARISH USULLARI


O`QITUVCHINING BOSHQARISH USULLARI
Reja:

1. O’zini axloqiy-irodaviy jihatdan namoyon etishi.


2. O’qituvchi shaxsidagi umumiy ichki va tashqi madaniyat.
3. Кasbiy pedagogik yo’nalganlik, qobiliyatlar, takt sifatlarining yaqqol namoyon etilishi.

O’qituvchining dars jarayonidagi umumiy faoliyatlari - pedagogik-psixologik, metodik, tashkilotchilik va muloqotmandlik jihatidan tayyorgarligi darajasi uning pedagogik ishi sifatini belgilaydi.


Bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari darajasi, qanday oilada tarbiyalanayotganligi va boshqa ko’pgina jihatlar kompleks tarzda nazarda tutilishi zarur. Mazkur barcha ijtimoiy va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda o’quvchilar bilan muomala va muloqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyati pedagogik kompetentlik orqali bajariladi.
O’qituvchi har bir darsda o’quvchilarni bilim olishga o’rgatish bilan birga, ularda fanga qiziqishni tarbiyalab borishi maqsadga muvofiq. Bu esa, o’qituvchining muloqotmandligi, uning o’z fikrlarini o’quvchilarga sodda, qiziqarli, o’ziga rom etadigan va yo’naltiradigan tarzda yetkazib berishi juda ham muhimdir.
O’qituvchi kommunikativ jarayonni (muomala, muloqot) amalga oshirishda har bir o’quvchining individualligini nazarda tutgan holda, turli mimika va pantomimika elementlarini qo’llagan holda, fikrlarni bayon etishda ularning ko’ziga qarab, ijobiy emotsiyalar orqali va ushbu emotsiyalarni bolalarga “yuqtirib” tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Darsda turli mavzu va mazmundagi materiallarni o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan o’qituvchi o’zlashtiriladigan dars mavzusining mazmuni va uni idrok etish imkoniyatlarini o’z yuz ifodasi, emotsiyalarida aks ettirishi zarur. Shunda o’rganiladigan mavzu borasida o’quvchilarning bilim va tasavvurlari hajmi kengayadi hamda qiziqishlari ortadi.
O’quvchilar bilan pedagogik muomalani amalga oshirishda o’qituvchining ruhiy holati va ushbu ruhiy holatni qay darajada boshqarishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o’qituvchi hech qachon yomon kayfiyat bilan, nisbatan bo’lsada, salbiy emotsiyalarni o’z yuz ifodasida zohir etgan holda darsga kirishi mumkin emas.
Darsning sifati o’quvchilarning kayfiyatiga bevosita bog’liq. O’quvchilar kayfiyatining ijobiyligi esa – dars samaradorligini ta’minlash omilidir. Shu munosabat bilan darslarda o’qituvchi ijobiy kayfiyatda bo’lishi va o’quvchilarga ham ushbu ijobiy kayfiyatni yuqtirgan holda pedagogik faoliyatni amalga oshirishi ayni muddaodir.
O’qituvchining o’quvchilar bilan pedagogik muomalani talab darajasida tashkil etishida uning shaxsiy sifatlari ham muhim o’rin tutadi, ular quyidagilardan iborat.
1. O’zini axloqiy-irodaviy jihatdan namoyon etishi.
2. O’qituvchi shaxsidagi umumiy ichki va tashqi madaniyat.
3. Кasbiy pedagogik yo’nalganlik, qobiliyatlar, takt sifatlarining yaqqol namoyon etilishi.
O’qitish va tarbiyalash jarayonida yosh avlod ijtimoiy tajribaning asosiy elementlarini o’zlashtiradi. Bular bilim, faoliyat usullari, ijodiy faoliyat tajribasi va emotsional qadriyatli munosabat mazmunidir. Tajriba kitoblar, o’quv dasturlari, zarur metodik adabiyotlar orqali o’zlashtiriladi. Ushbu o’quv materiallari mukammal bo’lishi mumkin, biroq ular o’qituvchi bilan jonli pedagogik muloqot o’rnini bosa olmaydi. Barcha zarur o’quv vositalari bilan o’quv jarayoni tashkil etilishi o’zining yuqori samaradorligiga faqatgina o’qituvchi va o’quvchining psixologik interaktiv hamkorligi, jonli, konstruktiv muloqoti natijasida erishadi.
O’qituvchi shaxsining imkoniyatlari, ta’sir doirasi qanchalik keng bo’lsa, o’z tarbiyalanuvchisining shaxs sifatida shakllanishiga shunchalik ko’p ijobiy ta’sir qiladi. O’qituvchi faoliyati uchun didaktik va kommunikativ qobiliyatlar muhimdir. Didaktik qobiliyatlar ma’lum fan doirasidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazishda namoyon bo’ladi. Predmetni bilish va uni qanday qilib o’quvchiga etkazishni bilish bir-biridan farq qiluvchi sohalardir.
Samimiylik, emotsionallik, tovushning boy intonatsiyasi, ifodali harakatlar va mimika – bularning barchasi ushbu qobiliyatning namoyon bo’lishi uchun asos vazifasini bajaradi.
O’quv mashg’ulotini samarali, natijador qilib amalga oshirishda o’qituvchining pedagogik texnikasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnika pedagogik kompetentlikning tarkibiy qismi sanalib, o’qituvchining o’quv jarayonini samarali tashkil etishida namoyon bo’ladi. Pedagogik texnika – bu bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi bo’lib, o’qituvchi tomonidan dars materialini o’quvchilarga yuksak talablar darajasida etkazib berishda qo’llaniladi.
Bunga: o’quv faoliyatida muloqot san’ati; dars jarayonida o’quvchilarning diqqatini boshqara olish; tashqi ko’rinishiga qarab o’quvchining hissiy holatini aniqlash; o’quv faoliyatida harakatlar, kechinmalar, kayfiyatni ifodali ko’rsata olish qobiliyati; mimika orqali kommunikatsiyani amalga oshirish; pantomimika imkoniyatlaridan foydalanish va mavzu g’oyasini ifodalashda nutq texnikasi imkoniyatlari mavjudligi kiradi.
O’qituvchi kommunikativ jarayonni (muomala, muloqot) amalga oshirishda har bir o’quvchining individualligini nazarda tutgan holda, turli mimika va pantomimika elementlarini qo’llagan holda, fikrlarni bayon etishda ularning ko’ziga qarab, ijobiy emotsiyalar orqali va ushbu emotsiyalarni bolalarga “yuqtirib” tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Darsda turli mavzu va mazmundagi materiallarni o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan o’qituvchi o’zlashtiriladigan dars mavzusining mazmuni va uni idrok etish imkoniyatlarini o’z yuz ifodasi, emotsiyalarida aks ettirishi zarur. Shunda o’rganiladigan mavzu borasida o’quvchilarning bilim va tasavvurlari hajmi kengayadi hamda qiziqishlari ortadi.
O’quvchilar bilan pedagogik muomalani amalga oshirishda o’qituvchining ruhiy holati va ushbu ruhiy holatni qay darajada boshqarishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o’qituvchi hech qachon yomon kayfiyat bilan, nisbatan bo’lsada, salbiy emotsiyalarni o’z yuz ifodasida zohir etgan holda darsga kirishi mumkin emas.
Darsning sifati o’quvchilarning kayfiyatiga bevosita bog’liq. O’quvchilar kayfiyatining ijobiyligi esa – dars samaradorligini ta’minlash omilidir. Shu munosabat bilan darslarda o’qituvchi ijobiy kayfiyatda bo’lishi va o’quvchilarga ham ushbu ijobiy kayfiyatni yuqtirgan holda pedagogik faoliyatni amalga oshirishi ayni muddaodir.
O’qituvchining umumiy ichki madaniyatiga: yuqori intellekt; qiziquvchanlik; nutq madaniyati; barqaror ma’naviy qiziqishlar va; mantiqli tafakkur nazarda tutiladi. Tashqi madaniyat deganda esa: tashqi ko’rinish (kiyim, o’zini tutish); mimika hamda pantomimika kiradi.
Bundan tashqari, o’qituvchi uchun pedagogik qobiliyatlarning majmuasi bo’lishi unda kasbiy pedagogik kompetentlik shakllanishining asosini tashkil etadi, o’quvchilar bilan muomala o’rnatishga qaratilgan kommunikativ qobiliyatlarga: empatiya, o’quvchining ma’naviy dunyosini birgalikda his etish; o’qitiladigan fan mazmuni hamda o’z sezgi va kayfiyatlarini aniq ifodalay olish kiradi.
O’quvchilar bilan muomala o’rnatishga qaratilgan kommunikativ qobiliyatlarga: empatiya, o’quvchining ma’naviy dunyosini birgalikda his etish; o’qitiladigan fan mazmuni hamda o’z sezgi va kayfiyatlarini aniq ifodalay olish kiradi
Maxsus psixologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, o’quvchining dars materialini o’zlashtirishi ko’p hollarda uning o’z–o’zini baholashiga bog’liq. O’quvchining o’z-o’zini baholashi yuqori (lekin me’yordan ortiq darajada emas) bo’lsa, u jamiyat va atrofdagilar uchun ma’lum ahamiyatga egaligini his etsa, darslarni o’zlashtirishiga ijobiy ta’sir etadi. Bu esa kasbiy kompetentlikning natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, o’qituvchi darsda ta’limiy jarayonni amalga oshirib, o’quvchilarga bilimlarni singdirish barobarida ularda fanga mehr uyg’otadi, ilm cho’qqilarini egallash yo’llarini ko’rsatib beradi. Bunda aktyorlik va rejissyorlik mahorati elementlari o’qituvchining kasbiy pedagogik kompetentliligini yuksaltirishda muhim omil bo’ladi.
Mamlakatimizda o’z kasbining ustasi, yuksak zamonaviy kasbiy bilimlarga ega bo’lgan, tashabbuskor, davr va jamiyat talablarini nozik va zukko tushuna oladigan, muxtasar qilib aytganda kasbiy jihatdan kompetentli pedagog kadrlarga katta ehtiyoj mavjud.
Pedagogik kompetentlik o’qituvchidagi ijodiy imkoniyatlarning yanada kengroq tasarruf etilishi, kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilarga etkazish, ular bilan pedagogik muloqotga kirishish mahorati bo’lib hisoblanadi.
Pedagogik faoliyat birinchidan iqtisodiy ustqurmaga bog’liq. Shuning uchun, bu kasb egalari jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari, kuchlari, ijtimoiy - madaniy va davlat ehtiyojlaridan xabardor bo’lishi, o’z faoliyati jarayonida ularga tayanishi lozim. Zero, u jamiyat hisobidan ta’minlanib, uning ijtimoiy buyurtmasini bajaradi, yoshlarning jamiyat boyligini asrab – avaylashga, ko’paytirishga va shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirishga rahbarlik qiladi.
O’qituvchining kasbiga xos xislatlari sirasiga: milliy istiqlol g’oyasi va mustaqil davlat mafkurasini tushunishi; maktabda olib boriladigan o’quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi; o’qituvchining kuzatuvchanligi; o’z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi; unda pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanganligi; o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi; turli ekstremal vaziyatlarda o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olish; pedagogik takt; nutqning emotsional ifodalanishi va boshqalarni kiritish mumkin. Milliy ta’lim tizimi pedagogik jarayonning mazmuni, shakli va usullarini insonparvarlashtirish hamda demokratiyalashtirishni, tarbiyaning maqsadi, shakli va usullarini milliy asosda qayta qurishni bosh maqsad qilib oldi. Bunday sharoitda yangicha fikrlaydigan, o’z ishining ustasi, pedagogik kompetentli o’qituvchi chinakam fidoiy o’qituvchi, avvalo bilimdon inson bo’lmog’i zarur. Bunday o’qituvchi-pedagoglar faqatgina uzoq davom etadigan mashaqqatli pedagogik faoliyat jarayonida shakllanadi. Chunki, har qanday oliy pedagogika ta’lim muassasasi bo’lajak o’qituvchiga pedagogik ilmning, kasbning yo’nalishlari, sirlari to’g’risida faqat ma’lumot beradi, xolos.
Chinakam pedagogik kasbning ustasi, yuksak pedagogik kompetentlikka ega bo’lgan mutaxassis ta’lim muassasasida, bevosita va bilvosita mehnat jarayonida, o’z kasbiy malakasi ustida tinmay ishlash orqali shakllanadi.
Pedagogik faoliyat – interaktiv intellektual faoliyat bo’lib, o’qituvchidan o’rganiladigan o’quv materialining ijodiyligi, uni o’rganishda ma’lum me’yorlarga rioya etishni talab qiladi. Jumladan, darsda o’quvchilarga o’quv materialini o’zlashtirish usullarini o’rgatish talab etiladi
Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va okilona boshqara olishi o‘quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.
Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. O‘quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, o‘quv jarayonini boshqarishning:
- birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
- ikkinchi vazifasi - bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan xolatdagi ijtimoiy vazifadir. Shuningdek, bu vazifa o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham uz ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik xolat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Bu xolat va xususiyatlar o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, nazorat, uz-o‘zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.
O‘quv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallashlari lozim: O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anviy o‘qitish usuli - bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlanaydi va muammoni yechib beradi. O‘quvchi esa masalani yechish yo‘llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. O‘quvchi esa muammoni tushunadi. Uni yechish yo‘llarini kidiradi va uni yechadi. Bunday xollarda o‘quvchi tafakkurining maxsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish kerak.
3. O‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4. Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o‘quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Xaddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermaydi, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik kabi hislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu hislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lish kerak.
Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.
Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatsiz, tarbiyasiz, ahloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfaatini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o‘zini anglashidir. Odamning o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi subyektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun obyektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, odamning o‘zini anglashi subyektiv ravishda o‘zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini anglashi, o‘z xuquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam to‘g‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.


Yüklə 36,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin