Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilishga qo`yilgan talablar Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism 2.1 MTM tashkil qilish uchun bilish lozim bo`lgan qoidalar.
2.2 O’quv ekskursiyalari.
2.3 Ta`lim muassasasini tashkil qilish va boshqarish.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. I. Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik faoliyatga rahbarlik qilish;
Metodist o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Farmon, Farmoyish va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlari, davlat dasturlari asosida qabul kilingan Maktabgacha ta’limi vazirligi (keyingi o’rinlarda “Vazirlik”deb yuritiladi) hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo’ysunuviga karab Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keyingi o’rinlarda “Mahalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o’rinlarda “tashkilot” deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar yuzasidan zarur xujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini to’lik bajarilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to’laqonli tadbiq etish;
tashkilotning o’quv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish;
bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jatumaniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish yuzasidan pedagog kadrlar bilan ishlash, ularga metodik maslahatlar berib borish;
tashkilotning yillik va istiqbol ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va tashkilot rahbariyatiga kiritish;
tashkilot pedagog xodimlarining ish rejalari, o’quv-mavzu rejalari hamda mashg’ulotlarga tayyorgarlik holatlarini ko’rish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishini kuzatish, baholashga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, taxlil qilish va natijasiga ko’ra aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash;
ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, bolalarni maktabgacha ta’limga tayyorlashdagi dolzarb masalalarni pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish va unda pedagogik kengash a’zolarining faol ishtirokini ta’minlash, kiritilgan masalalarni chuqur o’rganish, natijalari bo’yicha sifatli, taxliliy, tanqidiy ma’lumotlar tayyorlash, qabul qilingan qaror va buyruqlarning sifatli va o’z vaktida bajarilishini tashkil etish hamda ta’minlash;
tashkilotning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarini tegishliligi bo’yicha sifatli va samarali o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, pedagogik jamoaga ta’limdagi yangiliklarni yetkazish bo’yicha nazariy, amaliy seminar mashg’ulotlarini tashkil etish;
tashkilotdagi guruh xonalarini bolalar yoshiga mos ravishda jihozlash yuzasidan tegishli maslahatlar berish;
ta’lim-tarbiya jatumanida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tashkilotda ta’lim-tarbiya jatumaniga “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o’quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning to’laqonli bajarilishini nazorat qilish;
axborot va pedagogik texnologiyalarni, jumladan masofaviy o’qitish usullarini tashkil etish ishlarini qo’llash va takomillashtirishni ta’minlash;
tashkilot pedagog xodimlari o’rtasida sog’lom raqobatli muhitni yaratish maqsadida ko’rik-tanlovlar, tadbirlar, sport musobaqalari, o’quv va amaliy seminarlar tashkil etish va o’tkazish;
tarbiyalanuvchilar va ota-onalarni qiziqishini orttirish uchun turli sport musobaqalari, bayram ertaliklari, ochiq mashg’ulotlar, ko’rik-tanlovlar o’tkazilishini tashkil etish;
tashkilot xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy mahorati va metodik salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
tashkilot pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish, o’z vakolati doirasida eng faollarini rag’batlantirish, jamoada soglom ma’naviy muhitni shakllantirishda takliflar kiritish;
tashkilotni o’quv-didaktik, metodik va ko’rgazmali materiallar, o’yin, o’yinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va rahbariyatga taklif kiritish;
tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya qoidalari va gigiena normalariga, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga qa’tiy rioya qilishni ta’minlash.