O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 278,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.01.2023
ölçüsü278,89 Kb.
#80142
  1   2


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” 
FAKULTETI 
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan 
MAVZU: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 
Bajardi: K1-19I gurux talabasi 
Aminov Sodirbek Yusufovich.
Ilmiy rahbar:
Katta o’qituvchi 
M.M.To’xtasinova 
FARG’ONA 2020 
KURS ISHI 



FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” 
fakulteti «IQTISODIYOT» kafedrasi 
«TASDIQLAYMAN» 
«Iqtisodiyot» kafedrasi mudiri 
Iq.fan.nom.Mo`minova E. «____» 
___________________2020 y 
KURS ISHINI BAJARISH BO`YICHA TOPSHIRIQ 
Aminov Sodirbek Yusufovich 
1. 
Kurs ishi mavzu: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari 
Ishni bajarish uchun boshlang`ich asoslar: O`zbekiston Respublikasi Qonunlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror,farmon va maruzalari, tanlangan mavzu 
bo`yicha ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, davriy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy 
maqola va tezislar, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va uning xududiy 
xududiy bo’linmalari ma`lumotlari, O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika 
qo`mitasi statistik to`plamlari, rasmiy internet saytlari ma’lumotlari.
2. Tushuntirish qismi tarkibi 
Kirish 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
3.Kerakli chizmalar ro`yxati 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 



4.Kurs ishini bajarish grafigi
Ishni bajarish muddati 
Ishning nomi 
Boshlanishi 
Tugashi 
Bajarganligi 
To’g’risidagi 
Belgi 






Al Farg`oniy nomli va FarPI axborot 
resurs markazlarida mavzu bo`yicha 
adabiyotlar yig`ish. 
 

Ishning rejasini tuzish 
 

Kirish qismi boyicha ishlash 
 

Birinchi rejani tayyorlash va yozish. 

Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish. 

Uchinchi rejani tayyorlash va yozish. 

To’rtinchi rejani tayorlash va yozish 

Beshinchi rejani tayorlash va yozish 

Xulosa qismini tayorlash va yozish 
10 
Adabiyotlarni rasmiyashtirish 
11 
Ilovalarni rasmiylashtirish 
12 
Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga 
taqdim etish. 
Topshiriq berilgan sana: “____”_________________2020 yil 
Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________2020 yil 
Kurs ishi rahbari: _____________________________________________ 
(imzo) 
Topshiriqni oldim: ________________________________________
(imzo) 
“______”______________2020y 
Kafedra mudiri__________________________ Iq.fan.nom. Mo`minova E.A 



TAQRIZ 
“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti K1 19I guruh talabasi Aminov Sodirbek 
Yusufovichning kurs ishi mavzusi:Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari 
va usullari. 
1. Kurs ishi mazmuni______________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_____________________________________________________________ 
2. Kurs ishining ijobiy tomonlari ____________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
________________________________________________________________ 
3. Kurs ishining salbiy tomonlari ____________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_____________________________________________________________ 
4. Tushuntirish qismi______________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
5. Xulosa _________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Taqrizchi : _________________________________________________________ 
(familiyasi, ismi, lavozimi, imzo) 



REJA 
Kirish 
1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari. 
2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 
3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 
4.
O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 



Kirish 
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy 
munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, 
rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini 
o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha 
yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy 
tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim 
modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim 
ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu 
yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy 
mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini 
o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi. 
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va 
usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga 
oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli 
xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish 
kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari 
takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – 
odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan 
demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni 
amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. 
Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan 
keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat 
e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, 
Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy 
huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor ro’lini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida 
davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani barchamizga 
yaxshi ma‘lum, albatta. 



Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan 
kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar 
samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z 
tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik 
investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. 
Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib 
borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom 
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l 
ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Bu borada dastlabki yillar davomida ana 
shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida 
investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish 
majburiyatini olganini qayd etish lozim. 
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, 
foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, 
buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning 
qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish 
obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. 
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, 
xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 
102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik 
jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish 
uchun ochiq savdoga qo‘yildi. 
Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini 
ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy 
manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish 
(xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab 
olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki 
bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish 
shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi. 



Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulkchilik shakllarini o’zgartirish 
tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi,mulkchilik shakllarini 
o’zgartirish yo’llari va usullari hisoblanadi. 
Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi, 
mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, uning mazmun-mohiyatini 
ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish 
asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar 
va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 
Kurs ishining vazifalari: 
- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tizimining 
fundamental asoslarini o‘rganish; 
- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari 
mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; 
- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish bosqichlari va 
xususiyatlarini tahlil qilish. 
Kurs ishi kirish, to’rtta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan tashkil topgan. 



1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari 
Ma‘lumki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz 
amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab 
qiladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk 
turlari kiradi: 
1. Davlat mulki; 
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining 
xilma-xil turlari; 
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki; 
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki; 
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning 
shaxsiy mulki; 
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari; 
7. Xususiy mulklardan iboratdir. 
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli tuman 
mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir: 
1-rasm.Mulkchilik shakllari. 
Mulkchilik 
shakllari
Davlat mulki 
Jamoa mulki 
Xususiy mulk 
Shaxsiy mulk 
Aralash mulk 


10 
Davlat mulki
– bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish 
va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat.
Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: 
- birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi,
- ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar 
qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish.
Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik 
inshoatlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin. 
O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki 
Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar 
mulkidan iborat bo’ladi.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol 
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet 
mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika 
mulki hisoblanadi. 
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy 
organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va 
kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, 
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. 
Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 
moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan 
o’zlashtirilishidir.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona 
qurishi, aksiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. 
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar 
jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy 
tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum 
guruh, kishilar egalik qiladilar. 


11 
Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki 
oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. 
Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va 
ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan 
dividend, bank foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan 
kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. 
Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport 
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka 
tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. 
Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli 
yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 
O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida 
“Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqidan iboratdir” - deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning 
miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish 
mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo 
bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - 
o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi. 


12 
2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 
hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 
hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, 
foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan 
amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol 
mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning 
iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir.
Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy 
ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir.
U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar 
orqali ro’y beradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari 
(egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu 
munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli 
doirasida ham farqlanishi mumkin. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 
o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va 
bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham 
huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal 
qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy 
jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 


13 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» 
kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli 
shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. 
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga 
nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab 
chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari 
(egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning 
aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. 
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat 
muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim 
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
imkoniyati paydo bo’ladi. 
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari,
- birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning 
muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini,
- ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, 
- uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, 
mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti 
tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki 
qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. 
Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni 
mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar 
iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, 
daromadlar,boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. 


14 
Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi.
Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir. 
Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, 
foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, 
huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda shaffof axborot va huquqiy 
himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor 
uchligi sifatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. 
Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli 
munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va 
manfaatlarni to‘liq himoyalanishini anglatadi. 
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi:
- ilohiy va omad faktorlari; 
- ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar; 
- inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati; 
- davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish 
(natsionalizatsiya). 
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida 
jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. 
Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi 
sifatida qarash mumkin. Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning 
jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan 
daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi. 
Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati 
mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, 
mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va 
o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy,informatsion-huquqiy munosabatlar 
bo‘lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va 
javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega. 


15 
Bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-
biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan 
yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday 
qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson 
nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandagina) 
mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi.
Mulkdor o‘zining nafsi va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega 
(mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan 
mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi 
ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz 
mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati,qiymati va narxisiz manfaatni 
o‘lchab bo‘lmaydi. 
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib 
qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir.
Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy 
boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi 
va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish 
vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, 
ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, 
ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli 
darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk 
sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy 
munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy 
guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik 
sub’ekti bo’lib chiqadi.Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik 
munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin.
Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk 
sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.


16 
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan 
munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib 
chiquvchi huquqlar majmuidir: 
Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk 
egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va 
yuzaki tus oladi. 


17 
3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
va xususiylashtirish, mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning 
monopol hukmronligiga chek qo’yib,jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin 
tadbirkorlik tashabbusiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. 
Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. 
Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada xaqiqiy egalari fuqarolarga 
berish demakdir. 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga 
davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 
mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy 
tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan 
mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi 
aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida 
bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va 
salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi. 
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan 
bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi.


18 
Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman 
bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil 
xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,kooperativ firmalar, magazin, oshxona va 
shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo 
bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida 
o’zlashtirilishini bildiradi.
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxona va tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, aksionerlik jamiyatlariga,mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan 
yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksionerlik
jamiyatlari aksiyalarini davlatdan sotib olishidir. 
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o’tishidir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk 
hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda 
tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish; 
- davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
- mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul 
berish;
- mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
- ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga 
berish;
- davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va boshqalarni 
tashkil etadi. 


19 
2-rasm.Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish 
mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali 
xususiylashtirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos 
jihati – bu uning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligidir. 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat 
mulki monopolizmni tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p 
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning 
turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish 
mexanizmlari yaratildi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishning 
usullari 
Mulkni bo’lib berish orqali 
xususiylashtirish 
Mulkni sotish orqali 
xususiylashtirish 
Mehnat jamoalariga bepul tarqatish 
Mehnat jamoalariga sotish 
Jamiyat azolariga bepul bo’lib berish 
Barcha jamiyat a’zolariga sotish
Aholining ayrim ijtimoiy 
qatlamlariga bepul berish
Kim oshdi savdosi orqali jismoniy 
yoki yuridik shaxslarga sotish 
Harbir jamiyat a’zosining qo’shgan 
hissasiga qarab bo’lib berish
Keyinchalik sotib olish sharti bilan 
ijaraga berish
Foyda keltirmayotgan korhonani 
mehnat jamoasiga bo’lib berish
Tashqi qarzni evaziga berish yoki 
sotish


20 
4.O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari 
va xususiyatlari. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu ko’p mulkchilikdir yoki 
ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishdir. 
Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib davlatga qarashli 
mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Davlatimiz rahbari mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga 
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat 
qiladi” deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, 
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi
Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. 
Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga 
o’tishini bildiradi. 
Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, 
aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va 
amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning 
chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», 
«birovning mulki», deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan 
yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. 
Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli 
qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa 
muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng 
qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi.
Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab 
olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi.


21 
Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur 
bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa 
usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. 
Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, 
bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining 
ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab
- pulli; 
- pulsiz; 
- imtiyozli tarzda o‘tkaziladi.
O‘z shakli va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga 
keltirishni ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha 
shakllari va turlari rivojlanadi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek 
qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l 
va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning 
davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum 
darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir.
Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin 
qilinadi.Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib 
bo‘lmaydi,bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil 
etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi 
mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. 
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz 
beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining 
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, 
biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona 
mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.


22 
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning 
keng ko‘lami dasturini ishlab chiqish zarur. 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalambor, 
xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar 
tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi 
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. 
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy 
xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha 
kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqlardan ozod qilish zarur. 
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum 
jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat 
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni 
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo 
korxona raqobat kurashiga dosh bera olmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat 
byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali 
barham beriladi. 
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks 
ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, 
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali 
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir 
qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. 
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, 
uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. 
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri
- bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab 
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish 
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining 
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk 
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib 


23 
qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni 
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati 
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni,
urf odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. 
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini 
rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum 
tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik 
asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u 
mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur 
yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi 
zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 
chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy 
va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalardan samarali 
foydalanish,tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning 
pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga 
erishish talab etiladi. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida 
bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.

Yüklə 278,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin