I bob. Asosiy qism



Yüklə 59,82 Kb.
səhifə1/10
tarix09.04.2023
ölçüsü59,82 Kb.
#95264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Humay


REJA:
Kirish.
I BOB. Asosiy qism.
1.1. Boshlang'ich ta'limda og'zaki va yozma hisoblashga doir didaktik o'yinlar tizimining nazariy asoslari.
1.2.2-sinfda matematikadan og'zaki va yozma hisoblashga doir arifmetik mazmundagi didaktik o'yinlar tizimi.
1.3. 2-sinfda matematikadan og'zaki va yozma hisoblashga doir algebraic mazmundagi didaktik o'yinlar tizimi
1.4. 2-sinfda matematikadan og'zaki va yozma hisoblashga doir geometrik mazmundagi didaktik o'yinlar tizimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.

Matematikaning asosiy tushunchalari natural son, arifmetik amallar, to`g`ri chiziq kesmasi, aylana kabi geometrik tushunchalar insoniyat tarixining ilk davridayoq paydo bo`lgan. Matematika fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita amaliy ehtiyojdan-narsalarni sanash, xo`jalik hisob kitobi, masofalarni o`lchash, buyumlarning shaklini belgilash, quyosh va yulduzlar vaziyatiga qarab dunyo tomonlarini aniqlash kabi tirikchilik uchun zarur masalalardan kelib chiqqan. Dehqonchilik, me`morchilik inshootlari qurilishi, dengizga suzish taraqqiy etishi bilan matematik bilimlarning ahamiyati ham ortib borgan.


Matematika yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o`stiruvchi vosita sifatida maktablarda qadimgi Yunonistonda o`qitila boshlangan, sof fan tarzida ham rivojlantirilib, geometriyada aksiomatik metod ishlab chiqilgan.
Yangi era boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o`nli sanoq sistemasi, O`rta dengiz sohillarida trigonometriya yaratila boshlangan. VIII asrdan ilm-fan taraqqiyotining markazi O`rta Sharq mamlakatlari, xususan, O`rta Osiyoga bo`ladi. Bu davrda davlat tili bo`lgan arab tilida ijod qilgan olimlarning katta qismi bizning yurtdoshlarimiz edi: Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu-Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Ismoil Buxoriy nomlari bugun butun dunyoga ma`lum. Insoniyat taraqqiyotida muhim o`rin tutuvchi o`nli sanoq sistemasi bilan yevropaliklar asosan al-Xorazmiyning “Hind hisobi” risolasi orqali tanishganlar. Uning “Al-jabr val-muqobala” asari algebra fani sifatida shakllangan. Al-Xorazmiy ishlab chiqqan bayon usuli-lunda va izchil qoidalar olim nomi bilan “Algoritm” deb atalgan.

Yüklə 59,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin