30
Shunday bo'lsa-da, O'zbekistondagi boshqa ko'mir konlaridagiga
nisbatan ko'mir zaxirasi katta hamda iste'molchiga yaqin va yuzaga
joylashganligidan ko'mir qazib chiqarish jadal o'sdi. Ko'mirning asosiy
qismi kon yaqinidagi IESda ishlatiladi. Bir qismi esa yer ostida gazga
aylantiriladi.
Ko'mir tarkibida nodir va tarqoq elementlar uchraydi, bir yo'la ulardan
foydalanish esa konning samaradorligini yana ham oshiradi. Biroq ko'mir
ochiq usulda qazib olinishi oqibatida katta-katta yer maydonlarini kon
chiqindilari band qilib, tutun va qurumdan qishloq xo'jaligi jiddiy zarar
ko'rmoqda.
Bunday noxush holatning chorasi sifatida ko'mir sanoatidan zavol
ko'rgan maydonlar rekultivatsiya qilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda,
shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan
qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1950-yili Sharg'un
ko'mir koni ishga tushirilgan. Kondagi ko'mir yuqori sifatli bo'lib, shaxta
usulida qazib olinadi. Ko'mirning maydasi qazib olingan joyda briket
qilinadi.
Briket - ko`mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga
aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan mahsulot.
Ko'mir tog'lar osha uzunligi 17 km dan ortiq osma sim yo'l vositasida
temiryo'lga yetkazib beriladi. Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan
yiliga 2 mln tonnaga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. Lekin bu miqdor
O'zbekistonning ko'mirga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Zero,
metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko'mirga
bo'lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda. Mamlakatimizda qazib olinayotgan
ko'mirning deyarli hammasi (97,4 foizi) qo'ng'ir ko'mir, qolgan qismi
toshko'mirdir. Mamlakatimizda ko'mir qazib olishning o'ziga xos yana bir
xususiyati shundaki, uning 90-95 foizi ochiq usulda qazib olinadi.
Tabiiy gaz sanoati endigina shakllanayotgan (1961-yilda) yillarda
Angren ko'mir konida yerosti gazogeneratorlarida ko'mirni yuqori
bosimdagi havo oqimi yordamida gazga aylantiradigan «Yerostigaz»
stansiyasi ishga tushirilgan edi. Shunday qilib yoqilg'ining arzon turlari –
31
neft va gaz, shular barobarida, ochiq usulda qazib olinadigan ko'mirning
ham ahamiyati ortib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: