20
nisbatan ancha yuqori. Misol uchun, kam rivojlangan mamlakatlarda
umr davomiyligi 53 yilni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 67 yilni,
rivojlangan mamlakatlarda esa 74 yilni tashkil etedi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot
(YaMM) rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 6.5-7 barobar va kam
rivojlangan nisbatan 43-45 barobar ko'proq. Har 1 kVt elektr energiyasi,
rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 1,3
barobar va kam rivojlangan mamlakatlarda nisbatan 1,7 barobar ko'proq
yalpi ichki mahsulot keltiradi.
Hayotning davomiyligini o‘sish darajasi hamda elektr energiya
iste'moli o'rtasidagi munosabatni ifodalaydigan yana bir ma'lumot,
yigirmanchi asrda, inson hayotining o'rtacha davomiyligi har yili o'sishi
bilan energiya resurslarining 120 kg shartli yoqilg'i iste'moli ortishi bilan
ham yaqqol isbot sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu mutanosiblik shu
asrda ham eng kami bilan saqlanib qoladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar hayotning sifat darajasini o‘sishi
hamda elektr energiya resurslari iste'moli o‘sishi o'rtasidagi munosabatni
isbotini beradi.
Ikkinchi muqobil tendentsiya quyidagicha tavsiflanadi. Elektr
energiya resurslarini iste'moli o‘sishi, energiya manbalarining kamayishi
hamda inson yashashi uchun atrof-muhitni salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shunday qilib, yer yuzida har yili 125 mlrd. tonna tog‘ jinslari qazib
olinadi, 10 mlrd. tonna shatli yoqilg‘i yoqiladi, atmosferaga 270 mln.
tonna chang, 140 mln tonna oltingugurt dioksidi va 70 mln tonna zaharli
gazlar chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, yer sharining suv xavzalariga
katta miqdorda qayta ishlanmagan chiqindilar tashlanadi. Shu bilan birga
elektr energiyasining iste‘moli oshishi, aql bovar qilmas darajada yoqilg‘i-
energetik resurslarni ya‘ni ko‘mir, neft va gazni katta miqdorda qazib
olinishiga sabab bo‘lmoqda.
Shunday qilib, bir tomondan, hayot sifatini yaxshilash uchun elektr
energiya iste‘molini oshirish kerak, ikkinchi tomondan esa, yoqilg‘i
energetik resurslarni kamayib ketishi yashab turgan yer sharining tabiatiga
salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
21
Bu ikki raqobatchi tendensiyalarni organik yoqilg‘ilarni iste‘molini
kamaytirib, energiya samaradorligini oshirib, qayta tiklanmaydigan elektr
energiya resurslari qayta tiklanadigan elektr energiya resurslari
(gidroenergetika, shamol energiyasi, quyosh energiyasi, yog‘och
chiqindilari va organik resurslar chiqindisi)ga almashtirish yo‘li bilan
o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni mavjud.
Yoqilg'i-energetika resurslarining mo‘tadil narxini oshishi hamda
mahsulotning tan narxini oshishiga elektr energiyasining hissasini ortishi,
elektr energiyasining samaradorligini va sanoat korxonalarida elektr
energiya iste‘molini boshqarishni yaxshilash kerakligidan dalolat beradi.
Sanoat korxonalarida elektr energiya iste‘moli strukturasi ko‘p
tarmoqlidir. Mahsulotning elektr energiya sarfi ancha yuqori chegaralarda
o‘zgarib turadi va bu butun dunyoning shu soxadagi elektr energiya
iste‘molidan ancha yuqoridir. Energiya iste'molini boshqarish, ularni
tejalishini amalga oshirish hamda energiya samaradorligini oshirish
masalalari hozirgacha menejment nazariyalarining zamonaviy qoidalarini
yetarli darajada qo'llamasdan texnik jihatlar sifatida qaraldi. Shu sababli
aksariyat korxonalarda energiya tejash va elektr energiyadan samarali
foydalanish bo'yicha sezilarli natijalar yo'q. Shu munosabat bilan sanoat
korxonalarining energiya samaradorligini oshirish uchun boshqaruv
resurslaridan foydalanish usullarining ahamiyati oshib bormoqda.
Zamonaviy energiya boshqaruvi tushunchalari energetik menegment
nazariyasi va qoidalariga asoslangan bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: