A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


I-BOB  ENERGIYA TEJAMKORLIGINING UMUMIY ASOSLARI



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə12/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

I-BOB 
ENERGIYA TEJAMKORLIGINING UMUMIY ASOSLARI
1.1.Energiya tejamkorlik tushunchasi 
Energetika
— energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir
turdan ikkinchi turga oʻzgartirishi, muayyan masofaga uzatish va etkazib
berish, undan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq
nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan fan va
texnika sohasidir. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya
manbalariga boʻlgan ehtiyojlari, ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir,
torf va boshqa yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (shamol va
suv tegirmonlari)dan foydalanishga majbur qilgan. Keyinchalik fan va
texnika taraqqiyoti, fan-texnika inqilobi tufayli XX-asrning II-yarmidan
boshlab elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu
omillar energetikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika
taraqqayotida energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi
usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbob uskunalar va
texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va
boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika fani tabiiy energiya resurslarining
potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali
energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiy texnik
muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi.
Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari
bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft,
tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanes, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va
quyosh energiyalari energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari
yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi
boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar)ga
boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan,
yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
Jahon miqyosida turli yoqilgʻi energetika resurslari miqdorini
taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal
issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining
(yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. tonna
shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri



15
keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning


zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. tonna
shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy
resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis
taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning energetika resurslarini
hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq xoʻjaligining baza sohasi
hisoblanadi. Oʻzbekiston energetika tizimi xalq xoʻjaligi va aholining
yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq
qondiradi va eksport ham qilinadi. Hozirgi kunda respublikamizda 20 ta
issiqlik elektr stansiyalari (IES), 27 ta gidroelektr stansiya (GES) ishlab
turibdi. Ularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt*soat (yiliga
55 mlrd. kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega),
transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining
umumiy uzunligi 232 ming km dan ortiq masofani, shu jumladan, yuqori
quvvatli 500 kV li elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 1660 km dan
ortiq masofasi tashkil qiladi.
Energetika xalq xoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va
issiqlik energetikasiga ajraladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin