40
mamlakatning ustuvor rivojlanishini ta`minlash va ishlab chiqarish
kuchlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Sрuning uchun elektr
energetika sohasi doimo Respublika hukumati
va prezidentimizning
nazoratidadir.
O‘zbekiston elektr energiyasining asosiy iste`molchisi sanoat bo‘lib
uning ulushiga mamlakat bo‘yicha elektr energiya iste`moli umumiy
darajasining 50% i to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston issiqlik energiyasining
asosiy iste`molchisi uy-joy – kommunal xo‘jaligidir.
Uning ulushiga
iste`mol qilinayotgan issiqlik energiyasining 57% to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston energetika tizimida elektr energiyani ishlab chiqarishda
asosiy yoqilg‘i turi tabiiy gaz bo‘lib, uning ulushi 80% ni tashkil etadi.
O‘zbekiston
yoqilg‘i-energetika
majmuasining
holatini
xarakterlaydigan asosiy holatni tahlil qilib,
bizning respublikamizda
energiya tejamlash siyosatini o‘tkazish zarurligini belgilaydigan quyidagi
sabablarni ajratish mumkin:
-mahsulotning energiya sig‘imliligini pasaytirish;
-yoqilg‘ining foydali ishlatish koeffitsientini oshirish;
-Respublika
yoqilg‘i
balansida
noan`anaviy
tiklanuvchan
manbalarning ulushini oshirish.
Dostları ilə paylaş: