A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Energiya turlari, energiyani olish, o’zgartirish va undan



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə30/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

1.8. Energiya turlari, energiyani olish, o’zgartirish va undan 
foydalanish. 
Energiya – yunon tilidan olingan bo‘lib, harakat, faoliyat degan
ma‘noni anglatadi.
Energiya
— har qanday koʻrinishdagi materiya,
xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining
hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining
miqdoriy oʻlchovi. Bu ish bajarishga bo‘lgan qobiliyatdir, ish esa ob`ektga
fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta`sir etganda bajariladi. Ish bu
harakatdagi energiya. Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir
turdan ikkinchi turga aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday
o‘zgarishida ham boshqasiga nisbatan ko‘proq olish mumkin emas, chunki
bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir.



42
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit,


issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki).
Xalqaro birlik tizimi
(SI)
da energiyani o‘lchash birligi sifatida 1 Joul
(J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-
kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko‘pchilik boshqa turlari bilan
bog‘liq bo‘lsa, u holda o‘lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik
qo‘llaniladi - kaloriya (kal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt*s,
kVt*s, MVt*s.) da o‘lchanadi; 1 Vt*s=3.6 MDj. Mexanik energiyani
o‘lchashda 1kg*m qiymatdan foydalaniladi, 1kg*m=9.8 Dj.
1.9. Elektr stantsiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari 
Birlamchi energiyani ikkilamchiga o‘zgartirish, xususan elektrga
aylantirish o‘z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi
turga o‘zgartirilishini ko‘rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi.
IES-issiqlik elektr stantsiya,
issiqlik energiyasini elektr energiyaga
o‘zgartiradi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin