229
bosh to’plamnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish
mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum soxalarga yoki
operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy
ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan.
Auditorlar AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab
olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga
nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar ko’rib
chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab
olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa
funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar,
sanalar orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni
aniqlashni o’z ichiga oladi. Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan
Excel elektron jadvaliga o’hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel
jadvallaridan ham AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda
AUDT, Excel elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa
zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: