223
10.5. Ma’lumotlar orqali taxminlarni shakllantirish
Taxminlar mijozning auditori va uning sanoati tushunchasida mavjud
bo’lgan ishonarli munosabatlarning namoyon bo’lishidan shakllantiriladi. Bu
munosabatlar, quyidagi manbalarni taqqoslash orqali aniqlanishi mumkin:
■ oldingi davrlardagi qiyosiy ma'lumotlar;
■ kutilayotgan natijalar (masalan, byudjetlar va bashoratlar yoki auditlik
taxminlar);
■ bir sohadagi o'xshash ma'lumotlar;
■ nomoliyaviy ma'lumotlar.
Auditor oldingi davri ma'lumotlari bilan joriy mijoz ma'lumotlarni oddiy
taqqoslash bilan sezilarli darajada o'zgargan, schyot qoldiqlarini aniqlashi mumkin.
U yillar o'rtasidagi nisbatli munosabatlarni; o'tgan yilning bir xil detallar bilan
o’rganilayotgan joriy balansni; o'tgan yildagi schyot qoldiqlari bilan joriy schyot
qoldiqlarini taqqoslashi mumkin. U kutilayotgan natijalar bilan sub’yektning joriy
qayd etilgan schyotlarini qiyoslaydi. Misol uchun, kompaniya byudjeti bilan
mavjud xatolikni ko’rsatuvchi ishonarli natijalarni taqqoslaydi yoki auditor foizli
balans xarajatlarini baholaydi va qayd etilgan foiz stavkalari bilan qiyoslaydi.
Taqqoslashning standart asoslaridan biri bu- bir sohadagi o'xshash
kompaniyalarning qiyoslanishi. Misol uchun, auditor mijozning yalpi foydasi bilan
sanoat yalpi foydasini qiyoslaydi.
Tahliliy amallar o'z ichiga xodimlarga mehnat xarajatlari kabi moliyaviy va
nomoliyaviy axborotlar o'rtasidagi bog’liqlikni olishi mumkin.
Taxminlarga asoslangan ma’lumot manbalari orqali (masalan,o'tgan davr
arizasi, bashoratlar, axborotlashgan sanoat) aniqlik bilan auditor balans
schyotlarini bashoratlaydi, belgilaydi. Misol uchun, bir chakana savdo
tarmoqlaridagi ma'lumotlar umumiy sanoat axborotlariga nisbatan aniqroq
hisoblanadi. So'nggi yillardagi moliyaviy hisobotlar oldingi moliyaviy hisobotlarga
qaraganda bu yilgi balans ko’rsatkichining aniqrog’i bo'ladi. Talab etilayotgan
taxminlar tahliliy amallarning maqsadiga qarab o'zgaradi. Sinov testlari
224
ko’rinishida foydalaniladigan tahliliy amallar uchun aniqlik rejalashtirish
jarayonida qo’llaniladigan amallarga nisbatan muhimroqdir.
Tahliliy amallarning samaradorligi hisob tabiati va ma'lumotlar ishonchliligi
va boshqa ma’lumotlarni xususiyatlarining bir funksiyasidir. Hisob tabiatini
belgilashda, auditor balansning tarozuda hisobga olingan, bajarilgan bitimlar yoki
baholar asosida tuzilgan yoki tuzilmaganligini hisobga oladi. Sub'ektiv ravishda
aniqlangan qoldiqlarni boshqarish to'plangan bitimlarga ko'ra osonroq. Hisob
xususiyati millionlab muomalalarni (masalan, chakana daromad) o'z ichiga olsa, u
boshqa tarkibiy operatsiyalarga (masalan, eskirgan qimmatli qog'ozlar) qaraganda
aniqroq bo'lishi kerak. Yo’naltirilgan xarajatlar (masalan, lizing) o'zgaruvchan
xarajatlarga (masalan, yuk) qaraganda aniqroq.
Auditor o’zining taxminlarini va ma’lumotlar ishonchliligini asoslaydigan
detallashtirish darajasi hisoblangan (umumlashtirish) boshqa ma'lumotlar
xususiyatlari asosiy kalit xususiyatlari deyiladi. Umuman olganda, qanchalik
ma'lumotlar bo’linib o’rganilsa, taxminlar yanada aniqroq bo’ladi. Misol uchun,
yillik ma’lumotlar o'rniga oylik ma'lumotlar qo’llanilsa, taxminlar aniqligini
oshiriiganligi kuzatiladi. Jamlanma ma'lumotlar asosidagi taxminlarga nisbatan
bo'linib o’rganilgan taxminlar aniqroq hisoblanadi. Buxgalteriya tadqiqotchilari,
oylar, segment va mahsulotlar liniyasi bo’yicha balanslar taqsimlanishi tahliliy
amallarga bo’lgan e'tiborni amalga oshiradi, degan xulosaga kelishgan.
Ma'lumotlar manbalari qanchalik ishonchli bo’lsa, taxminlar ham aniqroq
bo'ladi.
Ma'lumotlarning
ishonchliligi
kompaniyaning
ichki
nazorati
mustahkamligi asosida aniqlanadi: ma’lumot manbalari ob'ektivmi yoki
mustaqilmi, va ma'lumotlar tahliliy amallarning predmetimi yoki yo'qmi.Qanchalik
ichki nazorat mustahkam bo’lsa, shunchalik moliyaviy hisobotning ma'lumotlari
ishonchliroq bo’ladi.
|