324
Nazorat qilib turish nazorat muhitining muxim elementi hisoblanadi.
Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va
kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar
bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga molik.
Kreditlash
bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan,
debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti
bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari
xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek,
korxonadagi
hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat
o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi
faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
Dastur auditor assistentlari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va
bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun
ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Mahsulot
tannarxini
tekshirishda
auditor
audit
dasturini
hujjatli
rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod
bilan belgilashi kerak, toki auditor ish jarayonida o’zining
ish hujjatlarida ularga
havola qilish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari o’z ichiga buxgalteriya hisobida
hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil
tekshirishni oladi.
Shuningdek auditorlik rusum-qoidalari dasturi ana shunday aniq batafsil
tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Shu bilan mahsulot tannarxini audit qilish bo’yicha rejalashtirish ishlari
nihoyasiga etadi.
325
14.4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish
tartibi
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot
(ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi
quyidagi elementlarga
bo’linadi:
1.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati
chegirilib tashlangan holda);
2.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
3.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar eskirishi;
5.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ishlab
chiqarish moddiy xarajatlari
elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan
mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish
va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan
xom-ashyo va materiallar,butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar,ish va
xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash
materiallari qiymati ularni sotish,foydalanish yoki
omborga kirim qilish mumkin
bo’lgan narxda baholanib,mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar
xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur.. Shuningdek,mazkur
element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish
narxidan, shu jumladan qo’shimcha narx(ustama)dan,ta’minlovchi,tashqi iqtisodiy
tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari
qiymatidan,shu jumladan brokerlik
xizmatlari bilan birga,bojlar va yig’imlardan,
yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar
326
tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib
chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur.
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish,xizmat)lar tannarxiga olib borilgan
moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak.
№4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga
muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish
siyosatida
aks ettiradi.
Auditor tomonidan hisob siyosatiga mos ravishda
material xarajatlari
tannarxga olib borilishini ham tekshirish lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER
PLUS korxonasi tomonidan kompyuter detallari bo’yicha quyidagicha ma’lumotlar
keltirilgan (korxonada FIFO usulidan foydalaniladi):
Dostları ilə paylaş: