A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   189
АУдит дарслик

15.3. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi. 
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy 
qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq
jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 
4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan 
bo’naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - 
«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va 
ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar 
tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar 
tannarxi», schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob 
yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash 
natijasida 
xaridorlar 
va 
buyurtmachilar 
bilan 
hisob-kitoblar 
bo’yicha 
muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni 
tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - 
tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi 
bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni 
tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari 
ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari 
bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 
9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan 
solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik 
huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida 
bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish 


353 
vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish 
maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» 
qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-
schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali 
muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi 
ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni 
jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda 
jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv 
bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet 
el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda 
hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq 
holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari 
aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar 
(mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga 
muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar 
boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni 
to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar 
bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi 
yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 
4020 -«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va 
xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga 
qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, 
banklarda hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib 
tushmaganlari alohida tekshirilishi zarur.


354 
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks 
ettirilishi, veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, 
qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari 
talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni 
hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va 
to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari 
shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish 
amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning 
asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib 
chiqiladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan 
oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - 
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan 
veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari 
bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z 
vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki 
hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi 
tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov 
talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. 
Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini 
saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha 
qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va 
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning 
kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» 
schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik 
yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari 


355 
ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona 
rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni 
undirish choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash 
va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek 
qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin