25-jadval
TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida xarajatlarning iqtisodiy
elementlari bo’yicha tarkibi va strukturasi taxlili
Xarajatlar
guruxlari
O’tgan yil
Hisobot yili
O’zgarishi
Summa,
m.s.
Salmog’i (%)
Summa,
m.s.
Salmog’i
(%)
Summa,
m.s.
Salmog’i
(%)
1. Moddiy
xarajatlar
436322
82
577385
83
+141063
+1
2. Mehnat haqi
xarajatlari
47700
9
57240
8,2
+9540
-0,8
3. Ijtimoiy
sug’urta
ajratmalari
10110
1,9
12035
1,7
+1925
-0,2
4. Amortizatsiya
ajratmalari
3725
0,7
3916
0,6
+191
-0,1
5. Boshqa ishlab
chiqarish
xarajatlari
34243
6,4
45068
6,5
+10825
+0,1
Jami ishlab
chiqarish
xarajatlari
532100
100
695644
100
+163544
Shu bilan birga moddiy xarajatlarda ham keskin oshish kuzatilgan, bunga
sabab qilib mahsulot ishlab chiqarish hajmi yoki material xarajatlarda narxlar
oshishi kuzatilgan bo’lishi mumkin. Umumiy ta’sir jami xarajatlarning 163544
m.s. ga oshishiga olib kelgan.
26-jadval
TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida bir so’mlik mahsulot uchun
qilingan xarajatlar taxlili
Ko’rsatkichlar
O’tgan yili
Hisobot yili
O’zgarishi
Biznes
rejada
Haqiqatda
Biznes
rejaga
nisbatan
Haqiqatga
nisbatan
341
1. Mahsultlarning ishlab
chiqarish tannarxi, ming
so’mda
532100
623453
695644
72191
163544
2. Mahsulotning
solishtirma ulgurji
bahosi, ming so’mda
653251
779315
800269
20981
147018
3. Bir so’mlik mahsulot
uchun qilingan
xarajatlar, tiyin hisobida
81,45
80,00
86,93
6,93
5,48
Yuqoridagi masaladan ko’rinib turibdiki, «ZIYONUR AUDIT» auditorlik
tashkiloti auditori haqiqatda bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar
oshganligini aniqladi va auditor buning sababini aniqlab o’z hisobotida aks
ettirgan. Mahsulotni mo’ljallangandan yuqoriroq narxda sotish imkoniyati bo’lgan,
lekin mahsulot tannarxidagi kata o’zgarish qimmatroq sotishdan ko’rilishi mumkin
bo’lgan foydani yo’q qilib tannarxni oshirib yuborgan va buning natijasida 1
so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar biznes rejaga nisbatan +6,93
tiyinga, o’tgan yilga nisbatan esa +5,48 tiyinga oshgan. Bu esa albatta, korxona
foydasini kamaytirib yuborgan.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz
tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi.
Qoidaga kura, auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy xarajat
summalarini tahlil qiladi, jami xarajatlar summalarini qayta jamlab chiqadi.
Shu orqali mahsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlardan eng muhimi
hisoblangan, bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatni aniqlash va unda
aniqlangan kamchiliklarni o’z hisobotidan aks ettiradi. Bu ko’rsatkich orqali
qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin. Mahsulot tannarxi auditi
natijalarini umumlashtirishda bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar
dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chikib, umumlashtirilgan va
baxolangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita xujjat bilan rasmiylashtirish
maksadga muvofikdir:
342
1. Audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning
ishlab chiqarilagan mahsulotlar tannarxini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
to’g’risida xisobot;
2. Moliyaviy hisobotda to’g’ri aks etishi bo’yicha auditorlik hisobotiga
tekshirish natijasi bo’yicha ma’lumot kiritish.
Mahsulot tannarxining auditorlik hisoboti shu tekshiruvni o’tkazgan
auditor(lar) tomonidan boshqa auditorlik tekshiruvlari kabi betma-bet imzolanishi
lozim.
Auditorlik
hisoboti
auditorlik
tekshiruvining
buyurtmachisiga,
buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda jo’natiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari,
shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning
raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar
haqida ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi ko’rsatiladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari
(batafsil bayoni);
- xarajatlarni bo’limlar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishini amalga oshirish
chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari;
- xom ashyo va tayyor mahsulotlarning saklanishini tekshirish natijalari.
Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanganligi bo’yicha tuzilgan auditorlik
xisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni
bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda mahsulot
tannarxini kamaytirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, tahlil
ishlarining darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks
ettiriladi. Auditor keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga
qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgin
343
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi
mutlako mumkin emas.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini
tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS)
qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Shu bilan birga Auditning Xalqaro
standatiga muvofiq audit o’tkazilganda auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan
№ 700 -
«Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa)
berish»
nomli AXSdan foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarning to’g’ri
taqsimlanishi natijalarini xolisona aks ettirishi lozim. Shu bilan birga auditorlik
xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o’tkazilgan asosiy hujjatlar ro’yxati va
sanasi ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot
ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xujalik
muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilmagan yoki
buzib ko’rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor
javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni
auditorga taqdim etishi lozim bo’lgan, tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va
uning ma’sul xodimlariga yuklatiladi. Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-
hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga
qadar tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik,
mulohaza yoki qandaydir takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan
344
eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda
chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga
olinishi lozim. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat
aniqlanmagan bo’lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar
bilan shakllantirish mumkin emas. Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar,
gumonlar, mish-mishlar va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan
ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga
berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va
analitik jadvallar, hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda
ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi nushalari, hisob xodimlari, moddiy
javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir tekshirilgan
korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
Navbatdagi tekshiruvdan oldin ushbu materiallar tekshiruv eng boshidan
aniq maqsadga yo’naltirilgan va samarali bo’lishi, buning ustiga uni mazkur
korxonani tekshirishda oldin ishtirok etmagan, yangi xodimlar o’tkazsa, ularga
yaqindan yordam berishi mumkin.
Bulardan tashqari, oydinlashtirilishi lozim bo’lgan ayrim savollar yoki
tekshirilayotgan korxona tomonidan da’volar paydo bo’lishi mumkin. Bunday
hollarda haqiqatni qaror toptirish uchun auditorlik hisoboti va xulosasidagi ishchi
materiallarga murojaat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |