344
eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda
chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga
olinishi lozim. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat
aniqlanmagan bo’lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar
bilan shakllantirish mumkin emas. Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar,
gumonlar, mish-mishlar va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan
ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga
berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va
analitik jadvallar, hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda
ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi nushalari, hisob xodimlari, moddiy
javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir tekshirilgan
korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
Navbatdagi tekshiruvdan oldin ushbu materiallar tekshiruv eng boshidan
aniq maqsadga yo’naltirilgan va samarali bo’lishi, buning ustiga uni mazkur
korxonani tekshirishda oldin ishtirok etmagan, yangi xodimlar o’tkazsa, ularga
yaqindan yordam berishi mumkin.
Bulardan tashqari, oydinlashtirilishi lozim bo’lgan ayrim savollar yoki
tekshirilayotgan korxona tomonidan da’volar paydo bo’lishi mumkin. Bunday
hollarda haqiqatni qaror toptirish uchun auditorlik hisoboti va xulosasidagi ishchi
materiallarga murojaat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: