3
KIRISH
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning
barcha sohalari
samarali rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari
zarur hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik sub’ektlarining
moliyaviy holatini
bilishi uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati
yuzaga keladi. Bular natijasida «Audit» fanini bo’lajak iqtisodchi mutaxassislarga
o’qitish dolzarbligi kelib chiqadi.
«Audit» fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga auditorlik tashkiloti
tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
buxgalteriya hisobi, moliyaviy
hisoboti va boshqa moliyaviy axborotlari to’g’riligi va qonun hujjatlarga mosligi
to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirish uchun zarur bo’lgan
auditorlik
amallarini bajarish bo’yicha nazariy bilim berishdan iborat.
Ushbu fanni o’qitishning vazifalari: auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan chuqur tanishtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyati bilan tanishish, shartnoma tuzish, dastlabki kelishuvlarni amalga oshirish,
auditni dastlabki
rejasi va dasturini tuzish; auditorlik hujjatlari va dalillarini
to’plash; moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun
hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida tekshirish usullarini o’rgatish; auditorlik
hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzish va h.k.
4
1-BOB. AUDITGA UMUMIY TAVSIF
1.1. Auditning mohiyati va
rivojlanish tarixi
Audit xristian davridan oldin yuzaga kelgan. Antropologlar auditorlik
faoliyati to‘g‘risida yozuvlarni qadimgi Bobil davrida ( e.o. 3000 yillar) paydo
bo‘lganini aniqlashgan. Shuningdek odamlar auditorlik
faoliyat bilan Qadimgi
Xitoyda ham shug‘ullanganlari aniqlangan. “Auditor” so‘zining lotin tilidagi
ma’nosi “o‘quvchi” yoki “tinglovchi” degan ma’nolar bilan bog‘langan. Chunki
Qadimgi Rimda auditorlar soliq to‘lovchilarni tinglashgan, masalan, soliq to‘lovchi
bo‘lib hisoblangan dehqonlar o‘zlarining daromadi va soliq qarzlari to‘g‘risida
gapirib berishi lozim bo‘lgan
.
Dostları ilə paylaş: