Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish



Yüklə 5,04 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#198004
2 5458587894853682345

Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish

Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish


Отабек Хамидов
1

2
  • Auditorlik tekshiruvi

3
  • Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari

Reja:
  • Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari turidagi auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi.
  • Auditorlik xizmatlari auditorlik tashkiloti va auditorlik xizmatlari buyurtmachisi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
  • Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u ushbu hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi.
  • Auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan majburiy tarzda va tashabbus shaklida o‘tkaziladi.
  • Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan keyin qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi
  • Ushbu Qonun talablaridan farq qiladigan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruv auditorlik tekshiruvi bo‘lmaydi.

Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
  • buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish;
  • yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
  • auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;
  • moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish;

buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;
  • buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin