5
xo‘jalik voqealiklarni qayd qilish bitimlari bir martali yozuv bilan cheklangan edi.
Ularning asosiy maqsadi savdo dalillarini yozma qayd etib, xotirada saqlashdan
iborat bo‘lgan. Foyda keltirish mazkur madaniyat tizimida o‘z o‘rniga ega
bo‘lmagan. Farovon hayot ishbilarmonlik vazifasiga kirmagan.
Bu faqat diniy,
ahloqiy tamoyillar va qoidalarga muvofiq hukumatga bildirilgan moyillik uchun
ko‘rsatilgan mukofot bo‘lgan.
Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv
Foydani maksimallashtirish o‘rta asrning o‘rtalarida
Italiyada yirik savdo
o‘ylari paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga kelgan. Savdo shu vaqtdan boshlab faqat
sayyoh savdogarlarga tegishli bo‘lmay, balki Venetsiya,
Florensiya va Pizadagi
yirik savdo uylari ham bu ish bilan faol shug‘ullana boshlashdi. Natijada savdo
aloqalari juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi marta ikkiyoqlama yozuv 20
noyabr 1494 yilda Italiyada Luka Pacholi tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi zamon auditining boshlanishi sanoat revolyusiyasi davriga borib
taqaladi. 1853 yilda Edinburgda Buxgalterlar jamiyatiga asos solindi.
Buyuk
Britaniyada bir nechta audit institutlar paydo bo‘ldi. Ularning birlashishi natijasida
1880 yilda Angliya va Uels diplomli buxgalterlar Instituti yuzaga keldi. Mazkur
institut o‘n to‘qqizinchi asrda G‘arb mamlakatlarda yuzaga kelgan institutlarning
dastlabkisi bo‘lgan, masalan, ular 1886 yilda AQSHda 1895 yilda Niderlandliyada
audit institutlari yuzaga kelgan. Kapitalni
taqdim etish va uni boshqarish,
shuningdek bir necha moliyaviy mojoralar (masalan, Glazgo shaxridagi bank bilan
bog‘liq 1883 yildagi yoki Afrikaanshe Handels-Vereeniging bilan bog‘liq
mojoralar) auditni tartiblashtirish ishlarini shakllantirishga olib keldi. Britaniya
kompaniyalarining qonunlari (1845-1862 y.) Amerika auditi uchun asos bo‘lgan.
Birinchi Amerika auditi 1917 yilda qonunchilik asosida amalga oshirilgan edi.
Dostları ilə paylaş: