6
korxona boshqaruvi, pul mablag‘lariga bo‘lgan talab oshib bordi.
Sanoat uchun
jamiyat mablag‘larini kengroq jalb etish masalasi yuzaga keldi. Buning natijasida
qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit tashkilotlarining ishlari murakkablashdi. CHunki
ular yirik milliy va xalqaro korporatsiyalarga xizmat ko‘rsatar edi. Investorlarning
korporatsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar oqimi va qimmatli qog‘ozlar bozorlari
orqali moliyaviy resurlarning taqsimlanishi kompaniya rahbariyati tomonidan
amalga oshirilgan moliyaviy hisobotga bog‘lanib qoldi. Mazkur kompaniyalarning
asosiy
belgilari shundan iboratki, ularning mulkka bo‘lgan egalik huquqi
korporatsiya boshqaruvidan to‘liq ajratilgan. Kompaniya
boshqaruvi buxgalteriya
hisobi tizimi ustidan nazorat olib boradi. Boshqaruv nafaqat moliyaviy hisobot
uchun javobgar, balki beriladigan ma’lumot yo‘nalishini belgilab berish huquqiga
ham ega.
Investorlar va kreditorlar boshqaruvga qaraganda
boshqa maqsadlarga ega
bo‘lishi mumkin (masalan, boshqaruv kattaroq maosh olishni va imtiyozlarga ega
bo‘lishni hohlasa, investorlar yuqori foyda va dividend olishni maqsad qilib
qo‘yishadi). Investor va kreditorlar xolisona moliyaviy hisobot
natijalari bilan ish
olib borishi lozim. Auditor ularning moliyaviy hisobotlarni to`g`ri tuzilganligiga
ishonch hosil qilishi uchun ularga ekspert xulosa taqdim etadi.
Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot
Auditning asosiy vazifasi moliyaviy hisobotga
ishonch xosil qilishdan
iborat. Raxbariyat va auditorning mas’uliyati moliyaviy hisobotga ishonchni
ta’minlashdan iborat. Auditorlik tekshiruvi natijasida
auditor moliyaviy
hisobotdagi ma’lumot qiymatini oshiradi va shu bilan birga auditor raxbariyat
tomonidan taqdim etilgan boshqa ma’lumotga bo‘lgan ishonchni ham oshiradi.
Dostları ilə paylaş: