15
Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to‘plashda korxona
rahbari tazyiqidan xoli bo‘lishi lozim.
Ichki auditorlarning mustaqilligi yirik
turdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kuzatuv kengashiga bo’ysunishi
bilan o’lchansa, kichik biznes sub’ektlarida esa ta’sischilarga bo’ysunish
darajasi bilan belgilanadi.
Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:
-
yillik hisobotni tasdiqlash uchun aksionerlarning umumiy yig‘ilishida har
yili saylanadigan, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni
tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko‘rsatiladi. Ko‘p hollarda taftish komissiyasi
tuzilmay qoladi.
-
Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki audit
xizmati bo‘limi shaklida;
-
Auditorlik tashkiloti bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o‘tkazish
shaklida.
Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo‘lsa, tashqi auditor
ichki audit
hisobotlaridan
foydalanishi mumkin,
qachonki ichki auditor ishi samaradorli deb
tashqi auditor tomonidan baholansa
.Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki
auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi.
Chunki ichki auditor ishidan
foydalanish tashqi auditorga hajm darajasida ancha yengillik yaratib
beradi.
Shuni ham alohida aytib o’tish lozimki, tashqi auditorlik tashkilotini
tanlashda ham ichki auditor maslahat olinadi, yoki ichki auditorning
shaxsan o’zi tomonidan ham taklif berilishi mumkin.
Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor
nazorati ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: