350
BS
- boshqa soliqlar va to’lovlar.
15.2. Mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalarning o’zaro bog’liqligi
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mulkchilik tuzilmasi o’zgaradi va
endi davlat xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bo’lgan
foydalanuvchilar va mulk egalaridan biriga aylanadi, zero bu foydalanuvchi va
mulkdor xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z mablag’ini qo’ygan. Xo’jalik yurituvchi
sub’ekt ham o’zini raqobatbardosh korxonaga aylanishida
yordam beradigan va
zarur moliyaviy natijalarga erishishida qo’l keladigan boshqaruv qarorlarini izlash
va qabul qilishga majbur bo’ladi. Shu maqsadda korxona bozor kon’yunkturasini
o’rganadi, o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi. Bu maqsadlarga erishish uchun
ko’pdan-ko’p manfaatdor tomonlar bilan iqtisodiy aloqaga kirishadi. Bu jarayonda
buxgalteriya hisobi manfaatdor tomonlar uchun axborot manbai bo’lib hisoblanadi.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun buxgalteriya hisobini yuritish
standartlariga nisbatan yangi, bozor munosabatlariga to’g’ri
keladigan talablarni
qaror toptirishni ta’minlaydi hamda O’zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya
hisobi tizimini tashkil etishda zamin bo’ladigan asosiy tamoyillarni ko’zda tutadi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan
buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va
umumlashtirish, asosiy
tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya
usullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida hisobning o’ziga xos
xususiyatlarini qo’llashdan iboratdir. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar, ularni
sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish hisobini yuritishda «Hisob
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMC, «Asosiy xo’jalik faoliyatidan
olingan daromadlar» nomli 2-son BHMC, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»
nomli 3-son BHMC, «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMC,
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMC, «Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schetlar
351
rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-son BHMClar uslubiy asos
sifatida qo’llanilishi mumkin.
Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga
qarab baholash korxona
rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko’proq e’tibor
berishga chaqiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bular esa, o’z navbatida,
korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini
oshirish imkonini
beradi.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMCga muvofiq tayyor mahsulot
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida bo’lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo’jalik
yurituvchi sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo’ljallangan tayyor
mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha
korxonalarda mahsulot sotish hajmi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu
ko’rsatkich korxonalarni xalq xo’jaligida shaxsiy iste’mol
uchun sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga undaydi, o’z muddatida mahsulotning sotilishi (ish bajarilishi,
xizmat ko’rsatilishi) ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishini ta’minlaydi,
mablag’lar aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan xarajatlar
qoplanadi va korxona foyda olishga erishadi.
Sotish hajmi korxona moliyaviy natijasini
umumlashtiruvchi asosiy
ko’rsatkichlardan biridir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona
birinchi galdagi to’lovlarni amalga oshiradi. Soliq bo’yicha to’lovlar mol etkazib
beruvchilar, ishchi xizmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarni bajaradi.
Demak, korxonaning moliyaviy holati, aylanma mablag’larning aylanish tezligi va
uni holati, moliyaviy natijalar sotish hajmi bo’yicha rejaning bajarilishi va uning
dinamikasiga ko’p jihatdan bog’liq.
Sotish jarayonining tezlashishi korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot
jaryonlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik
va kreditorlik qarzlarini
qisqartiradi.