15.4. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakllanishi 2-son «Asosiy
xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli BHMS bilan tartibga solinadi.
Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo’jalik yurituvchi
sub’ekning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk
egalarining o’z sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lagan ko’payishlarni istisno
etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi. Tayyor
maxsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar,
shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar
to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad"
9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar"
9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar"
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar"
Yuqorida keltirilgan 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad",
9020" "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va
ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar tranzit schyotlar
hisoblanib, ko’payishi kreditida kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 "Sotilgan
tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan
chegirmalar" schyotlari kontrpassiv schyot bo’lib 9010 "Tayyor mahsulotni
sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va
356
9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar
summasini korrektirovka qilib turadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum
aks ettiriladi:
sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chikarilgan tayyor
mahsulot va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot;
sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar;
sanoat tusiga ega bo’lmagan ishlar va xizmatlar;
sotib olingan buyumlar;
qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o’xshash
ishlar;
savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari;
transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish bo’yicha xizmatlari;
engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib-borib
berish xizmatlari;
transport ekspeditsion va yuklash-tushirish operatsiyalari;
aloqa korxonalari xizmatlari va h.k.
Hisobot davriga tegishli bo’lgan oldingi davrda olingan daromadlar
summasiga pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6210
«muddati uzaytirilgai daromad» yoki 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat va qishloq xo’jligi korxonalari, mol etkazib yuboruvchi va
buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha
taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9010 Tayyor mahsulotni sotishdan
olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030
"Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schetlari
kreditlanadi.
357
Kelgusida yuklab jo’natilagn mahsulot, ko’rsatiladigan xizmat va
bajariladigan ishlar uchun; oldindan olingan avanslar summasi ushlab qolinganda
6210 va 6310 schyotlari debetlanib 4010-schyot kreditlanadi. Yuborilgan
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag’lari tushganda pul
mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4010 «Xaridorlar va buyur-
machilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi.
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni
sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan
xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlarning kredit hisobot davri oxirida
quyidagi provodkalar bilan 9900- schyotiga o’tkaziladi:
Dt 9010, 9020, 9030-schyotlar
Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija».
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va
buyurtmachilarga
berilgan-chegirmalar,
schyotlarida
sotilgan
tovarlarning
qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishda" chegirma, shuningdek sotilgan
mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma ana shu kabilarni
hisobga olish uchun belgilanadi. Bu schyot kontrpassiv bo’lib, uning debet oboroti
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yalpi sotilgan mahsulotdan tushgan
tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schyotning debetida muomalalar
quyidagi hollarda aks ettiriladi:
buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040
"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 5010, 5110, 5210 schyotlari.
Kreditga sotilgan tovarlar qaytarib olinganda:
Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
358
Kt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» yoki 4110
Alohida bo’linmalardan olinadigan schyotlar».
Qaytarib omborga qabul qilingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga
usulida quyidagicha provodka beriladi:
Dt9110, 9120, 9130 schyotlar Kt 2810, 2910, 2920 schyotlar
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo’yicha hisoblangan QQS
summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Dt 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» Kt 4010 yoki 4110
schyoti.
Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
schyotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga
o’tkaziladi:
Dt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt 9040 "Sotilgan tovarlarning kaytarilishi"
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladigan (9010 "Tayyor
mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan
daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Xaridor va
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar") schyotlar bo’yicha analitik hisob sotilgan
mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni har bir turi bo’yicha
yuritiladi. Bundan tashqari, bu schyotlar bo’yicha analitik hisob ishlab chiqariishi
boshqarish maqsadida sotilish jo’g’rofiy segmentlari va boshqa segmentlari
bo’yicha yuritilishi mumkin.
Tayyor mahsulotni xaridorga jo’natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan
shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo’natiladigan
mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks ettiriladi.
Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlarni to’liq aks ettirilishini tekshiradi. Undan
tashqari mahsulot jo’natilishi hisob schyot-faktura, chiqim yukxati to’lov-
talabnomasi va boshqa hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi.
359
Mahsulot jo’natilganda uning sotilishi narxi to’g’ri hisoblanishi, ya’ni unga
qo’shilgan qiymat, aktsiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga
etkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo’shilishi
tekshiriladi. Auditor jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi to’g’ri aniqlanishini
tekshiradi. Buxgalteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo’natilgan
vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot xaridorlarga
jo’natilganda uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo’ladi, chunki uning haqiqiy
tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. Shuning uchun joriy hisobda jo’natilgan tayyor
mahsulotlar hisob narxlarida rasmiylashtiriladi.
Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo’llaniladi.
Hisobot davrining oxirida jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning
hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |