368
doir
huquqiy-me’yoriy
hujjatlarga rioya qilinishi va
ichki
nazorat
samaradorligining
holatini
baholash
tahlili;
1.2. Jamoa mehnat shartnomalari, xodimlarni mukofotlash va rag’batlantirish
to’g’risida nizom mavjudligi;
1.3. Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini
hujjatlashtirishning tashkil
etilishi;
1.4. Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori
(turkumlagichi) mavjudligi;
1.5. Ish haqi fondi ustidan nazorat tizimining mavjudligi va holati;
1.6. Hisobot ko’rsatkichlarning sintetik va analitik htisob registrlari ma’lumotlariga
mosligi.
2.Mehnat haqi bo’yicha
hisob-kitoblarga doir hisob
va hisobot ma’lumotlarining
ishonchliligini tekshirish.
2.1.Dastlabki hisob hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilishi;
2.2. Haq turlari (ishbay, vaqtbay va h.k.) bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi.
2.3. Har xil maqsadlar (mehnat ta’tili va h.k.) uchun o’rtacha ish haqini hisoblashni
tekshirish;
2.4. Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi;
2.5. Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shish;
2.6. Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni
hisob-registrlarida aks
ettirish;
2.7. Soliqqa tortishda imtiyozlarni qo’llash va jami daromadni hisoblashning
to’g’riligi;
3.Byudjetdan
tashqari
fondlar,
yagona
ijtimoiy
to’lov
bo’yicha
hisob-
kitoblarning to’g’riligi
3.1. Yagona ijtimoiy to’lov fondiga ajratmalarni hisoblash bazasi va hisob-kitoblar
to’g’riligi;
3.2. Yagona ijtimoiy to’lov fondi bilan hisob-kitoblarni hisob va hisobotda aks
ettirishning to’g’riligi;
Auditor tekshiruv chog’ida avvalo hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy xatolar
yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim.
Bunda dalil-isbotlarni
to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan
foydalaniladi. Shuningdek, auditni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni
tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjat paketi,
sintetik va analitik hisob
registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitob muomilalarini buxgalteriya hisobida aks
ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi
me’yoriy-hujjatlar to’plamimijoz korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga
olgan holda shakllantirilishi lozim.
Ta’kidlash joizki, mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab.
Unda mehnatning tavsifi, mehnat harajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda
baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab
nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar
bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash,
shtatlar jadvali,
korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish
369
to’g’risidagi buyruqlarni (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va
mehnat bitimlari, mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish
to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra
ish vaqtini hisobga olish
tabellari, ishbay ishlar uchun naryadlar va hisoblashuv-to’lov va to’lov
vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa
hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib
chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini
sinchiklab tekshirishi lozim. Xususan:
1.Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya
qilinishi; shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida
tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat
intizomiga
rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha mehnatga haq to’lashning
asosligi.
2.Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan,
bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq
to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi. Akkord naryadlarining tegishli butun ish
uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining
belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi.
3.Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash
sabablarini aniqlash va
mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil
qilish bilan birgalikda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: