A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189
АУдит дарслик

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi deganda nima 
tushuniladi?
2.
Mahsulotlarni sotish auditi nimalardan iborat? 
3.
Mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalarning o’zaro bog’liqligi 
nimalardan iborat? 
4.
Xaridorlar bilan hisob-kitoblar auditi deganda nimani tushunasiz? 
5.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditini rejalashtirishda 
nimalar aks ettiriladi?. 
6.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish ketma-ketligi 
qanday?
7.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish qanday 
tartibda tashkil qilinadi?


365 
16-BOB. MEHNAT HAQINI HISOBLASH VA TO’LASH JARAYONI AUDITI 
16.1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari

Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning 
natijasida mehnatga haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va himoya 
qilish tartibi va yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham o’zgarmoqda. 
Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash 
va himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to’lash shakli, 
tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil 
ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o’zgardi, chunki uning 
tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar 
qo’shildi: 
-moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar, qo’shimcha va 
ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar;
-qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til, bayram 
kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari 
rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan 
daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi. 
Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub’ekt 
faoliyatiga qo’shgan ulushi va sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog’liq 
bo’ladi. Ushbu daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq 
miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal 
darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning 
yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o’rtasida tuzilgan 
jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda jamiyatning huquqi 
doirasidagi mehnatga haq to’lash shartlari aniq va ravshan ko’rsatib o’tiladi. 


366 
Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi 
inflyatsiya natijasidagi aholining ko’rgan zararini va daromadini indeksatsiya 
qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan 
byudjetdan tashqari jamg’armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg’armalari, 
bandlik jamg’armalari va hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu jamg’armalarni 
tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli qonuniy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg’armalar maxsus maqsadli ajratmalar va 
manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda faoliyat 
ko’rsatadilar, o’zining mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va 
tadbirlarni o’tkazish uchun moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun 
ham hozirgi kunda mehnat va unga haq to’lashni hisobga olish sub’ektning hisob 
tizimida va auditida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar 
quyidagilardan tashkil topadi: 
a) xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa 
to’lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) 
o’z vaqtida amalga oshirish; 
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va 
tegishli ajratmalarni o’z vaqtida va to’g’ri qo’shish; 
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma’lumotlarini 
tayyorlash uchun mehnat va unga haq to’lash bilan bog’liq ko’rsatkichlarni yig’ish 
va guruhlashtirish; 
d) ijtimoiy sug’urta, pensiya va badallik jamg’armalari bilan hisoblashishni 
o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirish. 
Mehnat va unga haq to’lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, 
ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini 
shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlarni amalga oshirish ustidan 
tezkor nazorat o’rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan 
vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini 
yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir. 


367 
Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy 
manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi: 
-O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
-“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ektlarning 
moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” 21-
sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). 
-O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari. 
-Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54-
son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan). 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin