16.4. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblarni tekshirish
Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi
kamchiliklar ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat
jadvali va lavozim maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga
har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar;
ishbay rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis-texnik
xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan
kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga xaq
to’lash kabilar.
373
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat
haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish
yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga
qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni
bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi
to’lash uchun pul olishda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotlar to’g’riligi va
olingan pul mablag’larining belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan
oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi
mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari ya’ni butunlay
noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va
oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan
hisobot ma’lumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida
haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar,
yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish
hollari ko’p uchraydi.
Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi
xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Ish haqi qishloq xo’jaligida mahsulot (ish,
xizmat)lar tannarxida salmoqli o’rin egallaganligi sababli auditor ish haqi fondini
tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi
fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur.
Ish haqi fondining haqiqiy sarfi “Xodimlarning toifalari va hisoblangan ish
haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot” (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar
bajariladigan jadval), “Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish
haqi fondini hisobga olish vedomosti” (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari
va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga
asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun belgilangan ish
haqi fondinihaqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan taqqoslash zarur.
Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani
374
aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish xajmining o’zgarganligi sababli
dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy
tejash yoki oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi.
Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har
oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi ham
aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi shu
oydagi 21-shakl “Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot”ning
summasiga mos kelishi kerak.
Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-“Hisob-kitobschyoti”dan olingan
summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi hisob-
kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi kerak.
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi;
lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi; mashina
va mexanizmlarda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar (g’allani o’rish, donni yuklash
va qo’shimcha ishlov berish, yaganalash, chekankalash va h.k) qo’lda bajarilganda
ish hajmining qo’shibyozilishi va hokazolar. Ayrim hollarda oshiqcha sarflar
ob’ektiv sabablar oqibatida sodir bo’ladi, masalan, qor yoki yomg’ir ko’p yoqqan
paytlarda yo’llarni tozalash, mollarga ozuqa etkazib berish va boshqalar. Bularning
barchasi puxta tekshirilishi zarur.
Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatda
jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda
mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak.
Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning
tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda baholash,
rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plabnozik va
o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha
me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona
rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi
375
buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari;
mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi
nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va
ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari,
mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa xujjatlarning
rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib,
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab
tekshiradi. Xususan:
1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga
rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida
tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga xaq to’lashning to’g’riligi; shtat
intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi.
2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan,
bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq
to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish
uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining
belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi.
3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va
mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil
qilish bilan birgalikda aniqlanadi.
Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik
xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va
belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi.
Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisob-
kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210
“Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” 6710-“Xodimlar bilan mehnat haqi
bo’yicha hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat haqi” schyotlarning
qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-
schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash
376
zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz
mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat
o’rnatilmaganligidan dalolat beradi.
Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-“Mehnat haqi bo’yicha
berilgan bo’naklar”, 4220-“Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar”. 4230-
“Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”, 4710-“Kreditga sotilgan
tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4720-“Berilgan qarzlar bo’yicha
xodimlarning qarzlari”, 4730-“Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning
qarzlari”, 4790-“Xodimlarning boshqa qarzlari”, 6710-“Mehnat haqi bo’yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar”, 6720-“Deponentlangan mehnat haqi”, 6970-
“Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar” schyotlari bo’yicha yuritiladigan
hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi.
Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl),
oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob
varaqlari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha
tekshiriladi.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib ko’rsatish
hollari ham uchraydi.
Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba
uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy
xujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan
summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari,
maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda va boshqa bolalar
muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar.
Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday
holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni
bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar)ni aniqlash zarur.
377
Dastlabki, hujjatlar puxta tekshiriladi: xisoblashuv-to’lov vedomostlari,
berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash
tabeli va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib
yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suiste’mol qilishlar
yashirilishi mumkin.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda
korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish
haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi.
Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish
haqi va boshqa to’lovlarni hisob-kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini
tekshirish; ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga
o’tkazish haqidagito’lov topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish
uylari yo’llanmalari uchun xodimlardan naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa
hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan qilingan sarflarga doir hujjatlar;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar, kasallik
varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar bajariladigan
“Xodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi” (21-shakl)
ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Auditor ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba
uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar sarflangan ish haqi fondiga nisbatan foiz
hisobida ajratilib 6510-“Sug’urta bo’yicha to’lovlar” schyotining krediti va xarajat
schyotlari (2010, 2310, 2510 va boshqalar)ning debetiga, ya’ni xo’jalik
bo’linmalari (oila (jamoa) pudratlari va boshqalar)ning shaxsiy hisob varaqlariga
yozib qo’yiladi.
Xodimlarning ishlash va dam olish tartibi, ularni ijtimoiy sug’urta qilish
respublika qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Bu me’yorlar, agar
halqaro va davlatlararo shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa,
378
qo’shma korxonalarda, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda ishlaydigan xorijlik
fuqarolarga ham qo’llaniladi. Xorijlik fuqarolar mehnatiga haq to’lash tartibi har
bir xorijlik fuqaro bilan tuzilgan shartnomada belgilanishi ta’sis hujjatlarida ko’zda
tutilgan bo’lishi mumkin.
Mehnatga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish shakllari va miqdorlari,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan fuqarolar
huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo’shma
korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi.
Qo’shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda
soliqqa tortiladi.
Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-
kitoblar ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma’lumotlari tengligini
aniqlashdan boshlanadi.
Balans (1-shakl)
(tegishli satr va ustun)
Bosh daftar
4210-“Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”, 6710-“Mehnat haqi bo’yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat haqi”
schyotlarining hisobot davri boshi va oxiriga qoldiqlari.
Bosh daftar
4210-“Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”, 6710-“Mehnat haqi bo’yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat haqi”
schyotlarining sintetik va hisob analitik registrlaridan hisobot davri oxiriga
qoldiqlar.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlarining jamlamasi – to’lanadigan summalar jami.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlari – barcha vedomostlar bo’yicha to’lanadigan
summalar jami.
Shaxsiy hisob varaqlar- barcha hisob-varaqlar bo’yicha to’lanadigan summalar
jami
|