384
17-BOB. XUSUSIY KAPITALNI SHAKLLANTIRISH VA TA’SISCHILAR
BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI
17.1. Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari.
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning
xo’jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning
maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar,
inshootlar, qurilmalar va
boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish
huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu
jumladan, kashfiyotlardan
foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona
ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul
mablag’lari qo’shilishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida
belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis
hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar,
hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
-
ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi,
shakllari va
to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
-
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy
hujjatlar talablariga muvofiqligi;
385
-
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida
qo’shilishi;
-
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri
baholanishini tekshirish;
-
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
-
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiqligi;
-
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
-
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha
yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
-
ustav kapitalini shakllantirishga doir
muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
-
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
-
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob
registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil
qilinadi:
-
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini
shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va
yo’riqnomalari;
-
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
-
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan
dastlabki hujjatlar, analitik va
sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan
Dostları ilə paylaş: