ustav kapitalini shakllantirish to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu nafaqat
muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirish uchun, balki
soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash uchun ham
muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga qo’shilgan
ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida
inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush sifatida
ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan nomoddiy aktivlar
qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapitalini
hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schetlar) bo’yicha hisob
registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday
yozuvlar ustav kapitali beligilangan tartibda ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan
holatdagina, faqat aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga tegishli tarzda
o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq
«jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha
aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin»
Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular
asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin:
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning nominal
qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni