A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Kredit  85420-schyot – aktsiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan  qismiga (emission daromad)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
АУдит дарслик

Kredit 
85420-schyot – aktsiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan 
qismiga (emission daromad)
 
2)
Ta’sischilar (ishtirokchilar) tomonidan ta’sis shartnomasiga muvofiq 
ulushlar (moddiy, nomoddiy, pul mablag’lari va h. k ko’rinishida) tegishli 
dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, kassa 
kirim orderlari, bank ko’chirmalari)ga asosan topshirilganda: 
Debet
0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 
2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari.


401 
Kredit
4610-schyot (ta’sischilar bo’yicha ochilgan tegishli analitik 
schyotlar) 
Auditor 
8410-«Emission 
daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini 
shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo’yicha analitik hisobning tashkil 
etilishi va yuritilishining to’g’riligini tekshirishi lozim. Bunda qo’shimcha 
to’langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha alohida 
yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va 
sotilgan aktsiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va 
hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha axborotlarni etkazib berish 
imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
17.6. 
Zahira
 kapitalini tekshirish. 
№21 BHMS ga
muvofiq korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq foyda 
hisobidan yaratilgan zahiralar, aktivlarni qayta baholashda hosil bo’lgan inflyatsion 
zahiralar, qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar 
zahira kapitali
ni 
tashkil etadi. Zahira kapitalining mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda 
hisobga olinadi.
8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»; 
8520-«Zahira kapitali» 
8530-«Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklar» 
Auditor zahira kapitalini tekshirishda, dastavval, uni shakllantirish uchun 
asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini 
aniqlaydi. Balansning «Zahira kapitali» moddasi bo’yicha mavjud summaning 
tegishli sanaga tuzilgan sintetik va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va 
8530 schyotlar bo’yicha kredit) qoldiqlariga tengligi tekshiriladi.
So’ngra har bir schyot bo’yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar 
mohiyatan tekshiriladi.
Masalan, 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti 
bo’yicha qoldiq summa qachon paydo bo’lganligi, mulklarni qayta baholash 


402 
to’g’risida hukumat qarorlari, uslubiy ko’rsatmalar, korxona hisob siyosati va 
boshqa asoslar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, qayta baholash bo’yicha 
bajarilgan hisob-kitoblar to’g’riligi (har bir analitik hisob ob’ekti bo’yicha), qayta 
baholash natijalarining tegishli analitik hisob registrlarida aks ettirilishi va 
schyotlar bog’lanishi (provodkalar) to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda yaratilgan zahira kapitalining mavjudligi va o’zgarishi 8520-«Zahira 
kapitali» schyoti ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi. Bunda auditor, zahira 
kapitalini shakllantirishga doir O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari 
va ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Zahira kapitaliga foydadan ajratmalar, uning korxona ta’sis hujjatlarida 
ko’zda tutilgan korxona ustav kapitalining 10 % etmaguncha ajratilaveradi.
Auditor ushbu kapitalning to’g’ri tashkil etilishi va to’ldirilib borilishini 
tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zahira kapitali ustav kapitalining 10% 
dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo’lgan 
inflyatsion zahiralarning hammasi 
8531-schyot
kreditiga olib borilganligini 
aniqlaydi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin