398
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar
mablag’lari;
-
oldingi yil yakuni bo’yicha
taqsimlanmagan foyda;
-
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga
(Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar);
-
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-
schyot);
-
dividendlar hisobiga.
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 18-moddasiga muvofiq
«Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy
sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini jamiyatning
o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li
bilan
kamaytirilishi mumkin»
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish
hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida
aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali
ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar qiymatini to’lash shakli ularni joylashtirish
to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar qiymatining
to’lanishini tekshiradi. «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 37-moddasiga muvofiq «Jamiyat
aktsiyalariga haq to’lash bozor qiymatida amalga oshiriladi» (18).
Faqat quyidagi hollardagina aktsiyalar ularning
bozor qiymatidan arzonroq
narxda joylashtirilishi mumkin:
-
jamiyatning qo’shimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari
bo’lgan aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni
bozor qiymatining
to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z imtiyozli
huquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda;
399
-
qo’shimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib,
ularning
bahosi bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish bahosiga
nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo’lganida.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi
bosqichida uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik
talablariga rioya
qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi
mazkur korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar,
daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish
bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob
ma’lumotlariga
tengligi, balki aktsiyalarning turlari, ularning egalari,
aktsiyalar
uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari
ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyalarning
huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq
Dostları ilə paylaş: