TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” FAKULTETI
Audit
Oraliq
nazorat
ST-93
Talaba: Umirboyev Shohjahon
Mavzu:Mehnat haqi hisobi va to’lash jarayonlari.
Kirish Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari. Aktsiodorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish. Mehnat haq tolash boyicha kamchiliklar
Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis—texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga haq to’lash kabilar.
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi:
Ish haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim qilinadigan malumotlar to’g’riligi va olingan pul mablag’lari-ning belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari yani butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot malumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talontaroj qilish hollari ko’p uchraydi. Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur.
Ekspertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak
mulklarning ayrim turlarini baholash (yer, binolar, mashina va uskunalar, san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.);
mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.);
maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.)
ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va yuridik baholash va interpretasiyalash (talqin qilish).
Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishlarining natijalarini ko’rib chiqish chog’ida ekspert xulosasi va xo’jalik yurituvchi subyekt ma’lumotlari o’rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti ekspert ishlarining natijalarini asossiz deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim. Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qo’shiladi. Agar istisno holatlarda ekspert og’zaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik tashkiloti tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Thanks!
Dostları ilə paylaş: |