371
Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo’yicha
auditorlik tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi
lozim.
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p
hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq
xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi
savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan holda auditni dastlabki
rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga
qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga
oshirilishi lozim.Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar
reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim.
Quyidagi jadvalda mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblarga
doir auditorlik tekshiruvining rejasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: