17-chizma. Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash
bo’yicha hisob-kitoblar ishonchliligini tekshirish
Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solishtirish
amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob
ma’lumotlarining tengligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, auditor ish haqi
hisoblashning to’g’riligini tekshirishni boshlaydi.
Nomuvofiqliklar topilganda farq summalari va ularning vujudga kelish
sabablarini ishchi hujjatlarda ko’rsatish zarur. Shundan so’ng dastlabki
hujjatlarning mavjudliligi va ishonchliligi, to’g’ri to’lg’azilganligi, me’yoriy
hujjatlar talablariga mosligi o’rganiladi.
Ish vaqtini hisobga olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar,
bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqalari, yo’l varaqalari, hisob-kitob va
hisoblashuv-to’lov vedomostlari, ta’til uchun haq va qo’shimcha haqlarning
boshqa turlari va boshqalar tekshiriladi. Tekshiruv chog’ida quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
-barcha majburiy rekvizitlarning to’liqligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
-bajarilgan ishlar va ish vaqtini hisobga olish uchun ma’sul shaxslar
imzolarining mavjudligi;
-tushuntirish berilmagan tuzatishlar va to’g’rilashlar;
-ish vaqtini hisobga olish tabeliga “o’lik jonlar”ni qo’shish va bajarilmagan
ishlarni qo’shib yozish holatlarini aniqlash zarur.
Hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlaridagi summalarning jamlanishini
arifmetik tekshiruv maqsadga muvofiq. Bu vedomostlarda har bir alohida olingan
xodim bo’yicha summallar to’g’ri jamlanganida, jami summani ataylab oshirib
yozish hollarini aniqlashga imkon beradi. Bundany xatolar nafaqat mehnat haqi
xarajatlarining oshib ketishiga, balki pul mablag’larining o’zlashtirilishga ham olib
keladi.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarni mohiyatan tekshirish, yoppasiga
(xodimlar soni unchalik ko’p bo’lmaganida) yoki tanlab amalga oshirilishi
380
mumkin, auditor tanlov ko’lamini tekshiruv dasturi va muayyan shart-sharoitlardan
kelib chiqqan holda aniqlaydi. Lekin barcha turdagi mehnat haqi va undan
ushlanadigan summalarni qamrab olish maqsadida tanlov doirasiga barcha toifa,
guruhlar va bo’linmalar xodimlari bilan hisob-kitoblardan olinishi maqsadga
muvofiq.
Auditor bir necha xodimlarning shaxsiy jildlari va shaxsiy hisobvaraqlarini
tanlab olishi va ishga yollanish hamda boshqa lavozimga o’tkazilish sanalari,
mehnatga haq to’lash shartlari (stavka, oklad) va qo’shimcha to’lovlar to’g’risidagi
axborotlarning muvofiqligini tekshirishi zarur. Bunda shtat intizomi va belgilangan
lavozim maoshlari yoki kontrakt shartlariga rioya qilinishi, mehnat shartnomalari
bo’yicha va o’rindoshlik asosida mehnat haqi to’lashning asoslanganligi
tekshiriladi.
Ish vaqtini hisobga olish tabeli, hisoblashuv-to’lov vedomosti va shaxsiy
hisob-varaqlarini solishtirish yo’li bilan ishlangan vaqt miqdori to’g’risidagi
ma’lumotlarning bir xilligini, to’liq ishlanmagan oyda hisoblangan ish haqining
arifmetik hisob-kitobi to’g’riligini tekshirish zarur. Mehnatga ishbay haq to’lashda
bajarilgan ishlar miqdori va sifat ko’rsatkichlarining muvofiqligi, hamda me’yorlar
va baholarni qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi. Avval haq to’langan dastlabki
hujjatlar bo’yicha takroran ish haqi hisoblash holatlarining yo’qligini ham
tekshirish zarur.
Mukofotlar hisoblashning to’g’riligi va asoslanganligini tekshirish chog’ida,
auditor mukofotlash to’g’risidagi Nizom, buyruqlar, hisob-kitob vedomostlari va
shaxsiy hisobvaraqalar ma’lumotlarini taqqoslaydi. Masalan, xodimga hisobot
davrida faoliyati uchun mazkur davrda uning ish kunlari bo’lmagan holda mukofot
hisloblangan. Mukofot hisoblash korxona rahbarining buyrug’i, direktorlar
kengashining qarori va shunga o’xshash tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi
lozim. Ish me’yorlari pasaytirib qo’llanilganligi va boshqa shunga o’xshash
murakkabliklar haqida shubha paydo bo’lganida auditor ekspert-mutaxassis
xizmatidan foydalanishi mumkin. Ta’til vaqti uchun haq to’lashni tekshirish
381
chog’ida buyruq va tabel bo’yicha ta’tild belgilangan sana, hisob-kitob davrini
aniqlashning to’g’riligi va ta’til hisob-kitobi va shaxsiy hisobvaraqada hisob-kitob
uchun olingan davrdagi oylar bo’yicha ish haqi summalarining mosligiga e’tibor
beriladi. Ta’til uchun haq hisoblashning to’g’riligi haqida dalil-isbotlarga ega
bo’lish uchun auditorlar bir qancha xodimlar bo’yicha muqobil ta’til hisob-kitobi
tuzishi mumkin.
Normal ish sharoitidan chetga chiqish bilan bog’liq qo’shimcha haq (tunda
ishlaganligi uchun, ish vaqtidan tashqari ish uchun, bayram kunlari ishlaganlik
uchun, og’ir va zararli sharoitda ishlaganlik uchun va h.k) hisoblashning to’g’riligi
hisob-kitob ma’lumotlari va ish vaqtini hisobga olish tabeli hamda qonunchilikda
belgilangan qo’shimcha haq miqdorining muvofiqligini tekshirish yo’li bilan
aniqlanadi.
Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik uchun nafaqa hisoblashni nazorat qilish
amallari quyidagilarning to’g’riligini tekshirishni o’z ichiga oladi:
-bir kunlik o’rtacha ish haqi;
-nafaqa miqdorini(%) ish stajiga qarab tekshirish;
-nafaqaning eng katta miqdorini belgilash;
-ishga yaroqsizlik kunlari
-hisoblangan nafaqa summalari.
Hisob-kitoblarni tekshirishda aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi
hujjatlarida qayd qilib boriladi. Ish haqi xisoblashning to’g’riligi va
asoslanganligini tekshirish chog’ida auditor, odatda, mehnat haqi hisoblash
tekshirilgan shaxsiy hisob varaqlar bo’yicha, ish haqidan ushlanadigan summalar
to’g’riligini tanlab tekshiradi. Xodimlar ish haqidan ushlanadigan summalar
hujjatlar bilan asoslanganligi, qonuniyligi va ularning to’g’ri ijro qilinganligini
aniqlash zarur. Ish haqidan ushlanmalar ijro varaqalari (alimentlar, jarimalar,
moddiy zararni qoplash) bo’yicha; kreditga sotib olingan tovarlar bo’yicha
topshiriq-majburiyatlar bo’yicha; xodimning arizasi bo’yicha (kvartira haqini
o’tkazish, bolasining maktabgacha bolalar muassasida tarbiyalangani uchun, o’qish
382
uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik badali va sh.o’); to’lov vedomostlari bo’yicha
berilgan bo’naklarni ushlab qolish. Ish haqidan daromad solig’i va nafaqa fondiga
to’lanadigan badallar ushlanishining to’g’riligini tekshirish maxsus e’tibor talab
qiladi. Shuningdek, barcha ushlanmalar summasi xodimning bir oylik maoshi
50%idan oshib ketmaganligini ham aniqlash zarur.
Daromad solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarning qonuniyligini aniqlash
uchun
imtiyozlarni
tasdiqlovchi
hujjatlarning
mavjudligi
va
to’g’ri
rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilish kerak:
-xodimning jami daromadidan chegiriladigan imtiyoz summalarini
tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Shundan so’ng jismoniy shaxslar jami daromadini aniqlash, asosiy xodimlar,
o’rindoshlar, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida pul to’lanadigan shaxslar va
boshqalar bo’yicha soliq imtiyozlari va daromad solig’i stavkalarini qo’llashning
to’g’riligini tekshiriladi.
Jami daromadni tekshirishda korxonaning o’z mablag’lari hisobidan
to’langan, ijtimoiy tavsifdagi to’lovlar (ovqat puli, yo’l haqi xujjatlari, oliy o’quv
yurtlarida ta’lim olish, imtiyozli shartlar bilan qarz berish, bayram va yubiley
sanalariga sovg’a berish, me’yordan oshiq xizmat safari xarajatlari va tegishli
hujjat bilan tasdiqlanmagan sarflar va shunga o’xshashlar)ning soliqqa tortish
maqsadida jismoniy shaxslar jami daromadiga qo’shilganligi aniqlanadi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham
auditorning ishchi hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.
Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni
schyotlar, ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha
guruhlash va umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.
Mehnat haqini harajat schyotlariga (2010, 2310, 2510, 9400)olib borishining
asosliligini tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital
ishlar (0810, 0820, 0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi
summalarining xarajat schetlariga olib borilish hollari yo’qligini aniqlash zarur. Bu
383
dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar
va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, hamda 4210, 6710
va 6720 schetlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini ko’rib chiqish uslubi
bilan aniqlanadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining
to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan
tafovutlarning hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining sezilarliligi
(jiddiyligi) aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |