396
-
aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda
ko’rsatilgan muddat davomida to’liq to’lanishi lozim.
Ammo ustav kapitalining
kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan
boshlab bir yil ichida tulanishi lozim;
-
to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar,
pulda
baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik jamiyatining
ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;
-
ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlarining chiqarilgan
aktsiyalari reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart;
-
aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining
shakllanish bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni
ta’minlashi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik
kapitali (8310-schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi
aktsiyadorlik kapitali
(8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot) va
qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida
tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan
paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos ravishda
8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310,
8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati ta’sischilar
tomonidapn pul,
qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar
bilan to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash
uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu
mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi,
qonunda ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar
bilan
hisob-kitoblarni
tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri
397
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi.
Tasdiqlovchi hujjatlarda
Dostları ilə paylaş: