400
17.5. Qo’shilgan kapitalni tekshirish.
№21 BHMS ga muvofiq
8400-«Qo’shilgan kapitalni hisobga oladigan
schyotlar»da oddiy va imtiyozli aktsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda
dastlabki sotishdan olingan
emission daromadlar (
8410) va ustav kapitalini
shakllantirishda hosil bo’lgan
kurs tafovutlari (8420)
aks ettiriladi. Auditor ushbu
kapital tarkibining to’g’ri shakllanishi va o’zgarishlarini tegishli asos bo’luvchi
hujjatlarga muvofiq tekshirib, natijalarini o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib
borishi zarur. Jumladan, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar kirimi, nominal
va birja (bozor) bahosi o’rtasidagi farqni aniqlash hamda hususiy kapital tarkibida
qo’shilgan kapitalning shakllanishini to’g’ri aks ettirish va h. k. Bunda asosan
quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1)
Korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng ishtirokchilar (ta’sischilar)
qo’shadigan ulushlar (obuna bo’lingan aktsiyalar) summasi ustav kapitalida aks
ettirilganda:
Debet
4610–«Ustav
kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning
qarzlari»(agar aktsiyaga obuna bo’linsa-obunachilar bo’yicha ochilgan analitik
schyotlar);
Kredit
8310-«Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar»(8310, 8320,
8330-schyotlardan tegishlisi, agar aktsiyaga obuna bo’linsa, uning nominal
qiymatiga Kt-8310, 8320-schyotlar )
Dostları ilə paylaş: