387
ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan
boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan,
davlat ro’yxatidan
o’tganlik to’g’risidagi guvohnoma
ning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga
o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor
ta’sis shartnomasi
bilan tanishishda,
unda qanday shartlar
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:
-
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
-
faoliyatda ishtirok etish;
-
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
-
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
-
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yuqorida
sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
-
ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
-
har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
-
ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
-
ulushlarni
qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun
javobgarlik;
-
ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida
unda quyidagilar
ko’rsatilganliini aniqlaydi:
-
korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini
ifodalaydigan nomi;
-
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
-
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida
ulushlarga taqsimlanishi;
-
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
-
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
388
-
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular
tomonidan qaror
qabul qilish tartibi;
-
dividendlar taqsimlash tartibi;
-
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar
bilan
kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini
e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan
tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan
birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal
qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil
bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha
aktsiyalari bir aktsiyador
tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan
hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar
aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma
tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar
tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik
yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham
yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet
el valyutasida ham jahon
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
389
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar
belgilanishini inobatga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: