Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko‘rinishidagi mantiqiy ketmaketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi. Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A, H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tatbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf - xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik еchim talab etiladi. Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [ A, - ] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala. Muammo - bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi
Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi еchimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog‘liq 12 holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o‘rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib ko‘rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog‘liq bo‘lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, еchimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo‘lgan ikkinchi davr - muammo еchimini topishga o‘tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan еchimning izlanuvchi
mutaxassisligiga bog‘liq bo‘lib, unda qaralayotgan muammoning еchimi bo‘lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi. Uchinchi - produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan еchim o‘zaro bog‘lanadi va texnik еchim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mas’uliyatli davri bo‘lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g‘oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, еchim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi yoki aksincha, еchim kutilgan natijani bermasa, u inkor qilinadi. To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan еchimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik еchimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.
fikrlash produktiv reproduktiv