Mundarija kirish bob. Davlat byudjet siyosati. Davlat byudjet siyosatining usullari va oziga xos xususiyatlari. Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili



Yüklə 210,91 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü210,91 Kb.
#179137
  1   2   3   4   5   6
Microsoft Word Document (2) (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Mundarija


KIRISH 2
1.bob. Davlat byudjet siyosati. 5
1.1 Davlat byudjet siyosatining usullari va oziga xos xususiyatlari. 5
1.2 Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili 7
1.3 Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati 10
XULOSA 22
ADABIYOTLAR RO`YHATI 23


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda moliyaviy munosabatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga aylandi. Chunki davlatimizda byudjet siyosatini rivojlantirish masalasiga strategik vazifa sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan taminlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi kop jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bogliq. Bu esa oz navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablaglaridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bolsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bolib soliq yukining istemolchilar bilan ishlab chiqaruvchilar ortasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, yani tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, yani boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taminlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish boyicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy korsatkichlar yuqori suratlarda osishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qoshimcha turtki boldi.
Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi taminlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yonaltirilganligi saqlab qolinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur oylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy tasiridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda.

Yüklə 210,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin