Mundarija kirish bob. Davlat byudjet siyosati. Davlat byudjet siyosatining usullari va oziga xos xususiyatlari. Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili


Mustaqil ishning tuzilishi va hajmi



Yüklə 210,91 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü210,91 Kb.
#179137
1   2   3   4   5   6
Microsoft Word Document (2) (1)

Mustaqil ishning tuzilishi va hajmi. Mustaqil ishi 24 betdan iborat bo’lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

1.bob. Davlat byudjet siyosati.

1.1 Davlat byudjet siyosatining usullari va oziga xos xususiyatlari.


Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda toliq bandlilikni, tolov balansining muvozanatini va iqtisodiy osishni taminlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini ozgartirishni oz ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bolgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Yani, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning ozida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bolishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining osishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning kotarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda toliq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bolgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bolmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy osishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qoshimcha turtki bolishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga kopaysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga kopayadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori debyuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq boladi. Davlat xarajatlari ozgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq boladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va istemol hajmiga tasiri soliqlar ozgarishi tasiriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol oynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bolsa, davriy pasayishni tugatish uchun oz xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq boladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bolsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy kotarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yol hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning oz funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qolida toplangan pul mablaglarining harakati oz ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yonaltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot taminlaydigan mablaglardan kop mablag talab etsa, davlat qoshimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qollashga majbur boladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini toldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yoqolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bolishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat ornatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bolishi mumkin:
♦ taqchillik davlatning kredit qoyilmalarini kopayishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini taminlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bolmaydi va ortiqcha mablaglar manbasiga ehtiyoj tugiladi;
♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda boladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bolib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni oz nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta tasir korsatdi. Bular oz navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida oz ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda taminot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yonalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha azolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy ragbatlantirilishini olib qoyadi, yani mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining tasiri bevosita namoyon boladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda istemol darajasi pasayadi va bu narsa, oz navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining osish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar boginlari bilan birga sud hokimiyatining bog`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgansoliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy tolovlarning oz vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat ornatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qollanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq tolovchilar qatnashishi mumkin, yani bunda soliq tolovchilarning ozlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.

1.2 Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili


Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda ozida jamiyat institutlari va aholi ortasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bolib xizmat qilishi kerak. Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad tolovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Byudjet siyosatining bilvosita usullari bolib soliqlar va soliqsiz tolovlar orqali iqtisodiyotga tasir korsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini ozgarishi, soliqlar boyicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil tolovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga tasir korsatish mumkin, bunda soliq tolovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni oynaydi. Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga tasir korsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini ozgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to¨ridan-to¨ri usullari hisoblanadi. Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat ornatish, byudjet ijrosini taminlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yolga qoyish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qollash bilan amalga oshiriladi. 2022 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yonalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi:
● soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror osishini ragbatlantirish, Ozbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini taminlash;
● byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yoli bilan byudjetdan ajratiladigan mablaglarni sarflash samaradorligini oshirish;
● ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamgarishi va xarid qilish qobiliyatini ostirish siyosatini bir vaqtning ozida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qollab-quvvatlash manzilliligini oshirish boyicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish;
● axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni meyoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish;
● asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish;
● byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bogliqligini pasaytirish. 2022 yil Davlat byudjeti xarajatlari 37967,7mlrd. som miqdorda tasdiqlanib, ularni quyidagi ustuvor maqsadva vazifalarni moliyaviy taminlashga yonaltirish ko`zda tutilgandir. 2022 yilda ham byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab quvvatlash xarajatlarining ustuvorligi saqlab qolindi va aholi turmush farovonligini oshirishga katta etibor qaratildi. Joriy yilda ham byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan tolovlar, pensiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori bolgan suratlarda oshirilishi va bu maqsadlarga erishish uchun Davlat byudjeti va Pensiya jamgarmalaridan qoshimcha 1,3 trln. som mablag`lar rejalashtirildi. Oz navbatida, ijtimoiy xarajatlarga jami byudjet mablaglarining 59,2 foizini yoki 21485,2 mlrd som yonaltirish rejalashtirildi 2022 yilda ham Davlat byudjetidan talim tizimini moliyaviy taminlash uchun alohida etibor qaratilgan bolib, ushbu maqsadlarga qariyb 12776,2 mlrd som yoki jami byudjet xarajatlarining 33,7 foizi miqdorida mablaglar ajratildi. Bunda, joriy yilda bolalar bogchalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun otgan yilga nisbatan 2 baravar kop yoki 167 mlrd. som mablag ajratilishi va buning evaziga 270 dan ziyod bolalar bogchalarini toliq tamirdan chiqarilishi va jihozlanishini kozda tutilgan. Aholi sogligini saqlash, ayniqsa, onalar va bolalar sogligini himoya qilishni yanada yaxshilash, tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash hisobiga ularni modernizatsiyalash, dori-darmon va bir marta ishlatiladigan vositalar bilan taminlashni yaxshilash masalalari ham 2022 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida ozining ifodasini topgan.


Jumladan, 2022 yilda Davlat byudjeti tarkibida sogliqni saqlash xarajatlari 5372,5 mlrd somni yoki byudjet jami xarajatlarining 14,2 foizini tashkil qilmoqda. Oz navbatida, 2022 yilda ilm-fanni rivojlantirish xarajatlari 2021 yilga nisbatan 1,3 barobar oshirildi va 245,3 mlrd. somga yetkazildi. Shuningdek, madaniyat va sport sohasi xarajatlari ham 2021 yilga nisbatan 24 foizga oshirildi va 388,3 mlrd. somni tashkil etdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qollab-quvvatlash xarajatlariga 2022 yilda jami 4119,7 mlrd som yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorda mablaglar ajratildi. Bunda qishloq xojaligini, avvalambor sugoriladigan dehqonchilikni yetarli miqdorlarda va ishonchli ravishda suv bilan taminlash maqsadida 1,9 trln. somdan ortiq mablaglar suv xojaligining joriy xarajatlariga yo`naltirilishi belgilandi. Shuningdek, mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qollab-quvvatlash maqsadlariga 10 mlrd. som ajratildi. 2022 yil Davlat byudjeti parametrlarida tashqi qarz tolovlari hamda mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi va davlatimiz mudofaa qobiliyatini taminlash bilan bogliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun ham toliq ravishda mablaglar rejalashtirilgan va ular byudjet parametrlarida ozining ifodasini topgan.

1.3 Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati


Byudjet siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda bu xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish hisoblansa, soliq siyosati byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda, yani byudjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni byudjetga yetarli miqdorda va oz vaqtida kelib tushishini taminlash, byudjet daromadlari ijrosini taminlash maqsadida olib boriladi. Soliq siyosatining asosiy maqsadi soliq yukini soliqlar ortasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir. Soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funktsiyasi bilan bir qatorda, ragbatlantirish funktsiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliqlar orqali ragbatlantirish ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, toplangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, yani soliq yukini yengillashtirish, ishlab chikarishni ragbatlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jonlantirishga olib keladi. Soliq stavkalarining soliq tolovchilarga qiyinchilik tugdirmasligi albatta ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi. Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xojalik yurituvchi subektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda . Yuqoridagi gapimizni isboti sifatida shuni qayd etish lozimki, yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi 2019 yildagi 31 foizdan 2020 yilga kelib 23 foizga kamaygan va 8 foizni tashkil etgan bolsa, 2021 yilda 7,5 foizni tashkil etmoqda. Yuridik shaxslarning mol mulkidan undiriladigan soliq stavkasi haqida esa quyidagilarni aytish mumkin, yani 2020 yilda 4 foizli soliq stavkasi amal qilgan bo`lsa, 2021 yilga qadar bu stavka 3,5 foizni tashkil etgan va 2022 yildan boshlab yana 4 foiz qilib belgilangan.

Tabirkorlik subektlarini qollab quvvatlash maqsadida ularga nisbatan ornatilgan soliq stavkalari pasayiib bormoqda, yani mikrofirma va kichik biznes korxonalari uchun soliq stavkasi 2021 yilda 15 foizni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib 5 foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq stavkasi 2021 yilga qadar 0,5foiz stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2018 yilda 0,75 foiz, 200 kv.m dan 500 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9 foiz va 500 kv.m dan ortgan mol mulk qiymatidan 1,13foiz miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2019 yilda 0,9 foiz, 1,1 foiz, 1,35 foizni; 2020 yilda 1,04 foiz, 1,25 foiz, 1,55 foizni , 2021 yilda 1,2 foiz, 1,4 foiz, 1,8 foizni va 2022 yilda 1,3 foiz, 1,6 foiz va 2,2 foizni tashkil etmoqdaShuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u 60kv.km ni tashkil etadi. Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmaganbo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.

Ushbu soliq turi boyicha ham stavkalarni pasayishini korish mumkin. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2021 yilda ham 4 pogonali soliq savkasi amal qilib, quyi stavkasi 15 foizni (ikkinchi pogonasi 25, uchinchi pogonasi 36 foiz) va yuqori stavkasi 40 foizni tashkil etgan. Shu orinda jismoniy shaxslarning daromad soligi stavkalariga ham toxtalib otish lozim. Soliqlarning davlat byudjeti daromadlar qismini shakllantirishdagi, shuningdek, mamlakatda yaratilgan YAIM tarkibidagi ulushni aniklash orqali iqtisodiy taraqqiyotga baho berish mumkin. YAIM tarkibida soliqlar ulushining ortishi byudjet daromadlarini kopaytirishga olib kelsada, kelgusida jadal iqtisodiy rivojlanish uchun tosiq bolishi mumkin. Shuning uchun umumiy soliq tushumlarining YAIMga bolgan nisbatni kamaytirish tomonga qarab soliq tizimini optimal takomillashtirish yollarini izlash zarur. Natijada ishlab chiqarish hajmi osdi va mos ravishda soliqqa tortiladigan baza kengaytirildi, bu esa, soliq mamuriyatchiligini yaxshilash boyicha choratadbirlar bilan bir qatorda Davlat byudjeti kamomadining past bolishi va daromadlarning osishini taminladi.



Yüklə 210,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin