Mundarija kirish bob. Davlat byudjet siyosati. Davlat byudjet siyosatining usullari va oziga xos xususiyatlari. Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili



Yüklə 210,91 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü210,91 Kb.
#179137
1   2   3   4   5   6
Microsoft Word Document (2) (1)

Mustaqil ishning maqsadi. Davlatning byudjet siyosati haqida tushuncha, uning iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini yoritish, , O’zbekiston Respublikasi davlat budjetiga soliqlarning hissasini jadval ko’rinishda tahlil etish, soliqlarning funksiyalarini ahamiyatini yoritish, soliq yukining iqtisodiy tushunchasi bilan tanishish, soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli, O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlarini o’rganishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mustaqil ishning vazifalari. Mustaqil ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olingan:
● Davlatimizning byudjet siyosatining asosiy funksiyalari haqida tushuncha berish;
● Mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshirish faoliyatini yoritish;
● O’zbekiston Respublikasining byujet-soliq siyosatini takominlashtirish konsepsiyasi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini namoyish qilish;
● O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlari tahlili;
● Byudjet siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning rolini ahamiyati bo’yicha takliflar berishdan iborat.
Mustaqil ishning ob’ekti. Mustaqil ishning ob’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasi Soliq tizimida olib borilayotgan soliq strategiyasi va taktikasi shuningdek unga ta‘sir etuvchi omillar tanlab olingan.
Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati , shundan iboratki, soliq siyosati strategiyasi va taktikasi har tomonlama tahlil qilinib, ana shu tahlil asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek korxona va tashkilotlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va shu orqali korxona va tashkilotlar rentabelligini oshirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.
• davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganildi;
• davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritildi;
• byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlandi;
• soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganildi;
• byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berildi. Tadqiqot natijalari respublikamizda amalda bo’lgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu ilmiy ishimiz hozirgi kunda eng dolzarb muammolar echimlarini hal etishga bag’ishlangandir.

Yüklə 210,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin