1.4 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimini samarali ishlatish, byudjet taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Davlat byudjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish orqali byudjetning iqtisodiyotdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi amaliyotga joriy qilindi. ByudjetKodeksi asosida davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlar amalga oshirilishi iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida amalga oshirilagan islohotlar bugungi kunda g’aznachilik orqali o’zining natijalarini namoyon etmoqda. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimida byudjet ijrosini takomillashtirish va xalqaro tajribalaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish, bugungi kun islohotlarida g’aznachilik faoliyatini yaxshilash muhim vazifa etib belgilandi. Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2022-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari rejasi mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiyalash, muhim makroiqtisodiy korsatkichlarning muvozanatini saqlash, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi ulushini kamaytirish, xususiy mulkning rolini tubdan oshirishning, mamlakatda mustahkam iqtisodiy osish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini nazarda tutgan. 2022 yilga shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yonalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy korsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, kapital qoyilmalar hajmi 9,6 foizga osishi nazarda tutilganligini alohida etirof etish lozim. Quyidai rasmda Ozbekistonda 2022 yilda asosiy makroiqtisodiy korsatkichlarning 2021 yilga nisbatan osih korsatkichlari keltirilgan.