O’qituvchi kasbining psixologik xususiyatlari reja



Yüklə 21,36 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü21,36 Kb.
#100420
  1   2
O’QITUVCHI KASBINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


O’QITUVCHI KASBINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Reja:
1. O`qituvchining kasbi haqida allomalarimiz fikrlari.
2. O`qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari.
3. Jamiyatning o`qituvchilik kasbiga qo`yadigan asosiy talablari.
4. Pedagogik qobiliyatlar.
O’qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
«O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino flkricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim».
Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g'risida» asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».
Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok boisalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok boiadilar….»
Jomiy bola dunyoqarashiru’ng kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham o'qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila, aylamak bo'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan.
Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shuningdek, ta'lim jarayonida o'qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fucrlar atroflicha bayon qilingan.
O’qituvchining o’rni va uning vazifalari o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmas-ligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga solish, bolalar jamoasida ijtimoiy-pisixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O’qituvchi edagogic jamoa a’zosi sifatida edagogic faoliyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ruzalar o'qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ'ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko'pligi uchun ham jamiyatning o'qituvchilar oldiga qo'yadigan talablari xilma-xildir.
Ma’lumki edagogic faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlarga qaratilgan.
O’qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir:
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;
- oliyjanobligi, aql-farosati, ma’naviy rok va ma’rifat bo’yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo’yicha bolalarga singdirib berishi;
- o’zini qoiga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir.
Jamiyatning o’qituvchilik kasbiga qo’yidigan asosiy talablari quyidagichadir:
- shaxsni ma’naviy-ma’rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o’z vatani, tabiatiga va oilasiga bo’lgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bo’lish, barcha sohalarga doir bilimlar bilan qurollanishi;
- yosh edagogic psixologik, ijtimoiy psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi;
- o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o’z ishiga iqtisodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- edagogic texnikani (mantiq, nutq; ta’limning ifodali vositalari)
va edagogic taktga ega bo’lishi;
- o’qituvchining o’z bilim va edagogic mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Ko’pchilik psixologlar shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy o’qituvchilar uchun zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin o'zbek psixologlaridan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, Ajabborov, M.Qoplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o'qituvchilik kasbining turli jihatlarini atroflicha keng batafsil ko'rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bevosita o'qituvchi shaxsiga taalluqli bo'lgan professiogrammaga asosiy e'tibor qaratilgan. Professiogramma — ma'lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o'rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko'rsatib berilgan hujjat. Professiogramma psixologik jihatidan ishlab chiqarilgan faoliyatni tavsifnomasining kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo'lgan barcha tomonlarini o'z ichiga olishi kerak.
M.G.Davletshin rahbarligida psixologik tadqiqot ishlarini olib edago M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o’zbek tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan tavsifnomasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi, Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlar borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o'qituvchining quyidagi xislatlarini ko'rsatib o'tish lozim:
1. O'qituvchining shaxsiy xislatlari:
- bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish;
- amaliy psixologik aql-farosatlilik;
- mehnatsevarlik;
- jamoat ishlarida faollik;
- mehribonlik;
- kamtarinlik;
- odamiylik, dilkashlik;
- uddaburonlik: mustahkam xarakterga ega bo’lish;
- o’z bilimini oshirishga intilish.
2. Kasbga xos bilimi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslarini, ayniqsa, yosh psixologiyasi pedagogic psixologiya asoslarini bilishi;
- etnopsixologik bilimlarni egallash;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
- maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
- o’z fanini o’qitish metodikasini bilishi;
- o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.
3. O’z kasbiga xos xisiatlari:
- milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
- zamonaviy maktabda olib borilauigan o’quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
- o’qituvchining kuzatuvchanligi;
- o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi;
- edagogic fantaziyalar (xayol)ning rivojlanishi;
- o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi;
- o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi;
- edagogic takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi.
4 Shaxsiy edagogic uddaburonligi:
- dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallami tanlay bilishi;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda boshqara olishi;
- edagogic vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o’z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
- o’z maqsadlarini rejalashtira olishi;
- o’zining ta’lim tarbiyaviy ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.
5. Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
- bolalarni nimalardir bilan qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
- amaliy masalalarni hal etishda o’zini bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo’llay olishi.
6. Kommunikativ malakalari:
- bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq edagogic munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarni jamoalararo va jamoa ichidagi o’zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.
7. Gnostik malakalari:
- bolalarning asab psixik taraqqiyot darajasini aniqlay bilishi;
- o’zining tajribasi va edagogic faoliyat natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
- boshqa o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to’g’ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik va edagogic adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi.
8. Insoniy xislatlari:
- edagogic mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalgam oshirish qobiliyati;
- o’zini, o’quvchi o’rniga qo’yib bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
- avvalgi voqealar hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olishi;
- o’zining o’quvchiga edagogic ta’siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko'rsatib o'tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
- shaxsning jamoatchiligi va kasbiy yo’nalishi;
- edagogic mahorat va qobiliyati;
- xarakterning psixologik xususiyatlari;
- bilish faoliyati;
- o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Pedagoglik kasbi ma'lumki har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdagi yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faollik bilan shug'ullanishga moyil oqibat natijasida esa pedagogik qobliyatga ega bo'lgan kishilargina erisha oladi.
Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri boiib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq tushunishi qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi.
Akademik qobiliyatlar — matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o'qituvchi o'z fanini faqat kurs hajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o'quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo'lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko'pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o'qituvchi o'z fani bo'yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama keng bilimdon bo'lishi lozim.
Perseptiv qobiliyatlar — bu o'quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o'quvchi shaxsini vaqtinchalik, psixik holatlari bilan bog'liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Nutq qobiliyati – kishining o'z tuyg'u hislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.
Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan, o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
Avtoritar qobiliyat — o’qituvchining rostgo’ylik, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga shu bilan birga o’quvchilarning tarbiyasida javobgarlikni his etish uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog’liqdir.
Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o'rganishida psixolog I.V.Straxov benihoya katta hissa qo'shgan. Uning fikricha, bunda muhimi — o'quvchilarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta'sirni qo'llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olgan holda, o'quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik xayol — bu kishining o'quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyhalashtirganda o'z ish harakatlarining natijasini oldindan ko'ra bilishda namoyon boiadigan maxsus qobiliyatdir.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o'zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon boiib, o'qituvchi ishida g'oyat muhim ahamiyatga egadir.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlardan tashqari o'qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo'lishi lozimdir.

Yüklə 21,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin