Mundarija:
KIRISH
I BOB. O`QITUVCHINING NUTQ ODOBI
1. 1. O’qituvchi nutqi va uning ijtimoiy ahamiyati.
1. 2. Sharq mutafakkirlari o’qituvchi nutqi va uni shakllantirish haqida.
II BOB. O’QITUVCHINING NUTQ TЕXNIKASI
2. 1. O’qituvchi nutqining pedagogik-psixologik asoslari
2. 2. Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Maktabda o`quvchilar nafaqat aniq va gumanitar fanlarning asoslarini balkim odamiylik, insoniylikning qonun-qoidalarini ham o`rganadilar. Bolalarga uni singdirishda o`qituvchining o`rni nihoyatda kattadir. Shu sababga ko`ra uzluksiz ta’lim tizimida o`qituvchi shaxsiga katta e’tibor berilgan.
Talabalarning o`qituvchi sifatida takomil topishida o`qituvchining o`rnini hech qaysi vosita bosa olmaydi. Ayniqsa, talabalarning nutqiy malakalarini shakllantirishda, dunyoni anglatishda o`qituvchi nutqining ham o`ziga xos o`rni mavjud.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to`g`risidagi qonun talablari asosida bakalavr tayyorlash tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Shunga ko`ra o`qituvchi nutqi madaniyati kursi oliy o`quv yurtlari dasturiga kiritildi.
Ushbu kurs bo’yicha keyingi davrda anchagina adabiyotlar nashr etilgan bo’lib, bulardan T.Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari”, R.Qo`ng`urovning “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” qo`llanmalari, shuningdek, N.Mahmudovning “O’qituvchi nutqi madaniyati” darsligi asosiy manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Milliy dasturning qabul qilinishda har bir o`qituvchiga alohida mas’uliyat yuklanadi. Shu jumladan, har bir o`qituvchi o`z nutqi ustida ham mukammal ishlashi zaruriyati tug`ildi. Barkamol hamda har taraflama yetuk insonni tarbiya qilish uchun o`qituvchi nafaqat puxta bilimli, balki o`z fikrini chiroyli, ravon, puxta nutq madaniyati qonuniyatlarini chuqur egallagan holda ifoda qila bilish zarur. 1
Dostları ilə paylaş: |