Mundarija: kirish I bob. O`Qituvchining nutq odobi


II BOB. O’QITUVCHINING NUTQ TЕXNIKASI



Yüklə 131 Kb.
səhifə4/7
tarix08.06.2022
ölçüsü131 Kb.
#61029
1   2   3   4   5   6   7
Oqituvchi nutq madaniyati

II BOB. O’QITUVCHINING NUTQ TЕXNIKASI
2. 1. O’qituvchi nutqining pedagogik-psixologik asoslari
Biz nutkning inson xayotida, ayniksa o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni haqida gapirar ekanmiz, yosh avlodni mustakillik, milliy istiklol mafko’rasi goyalari ruhida barkamol insonlar kilib tarbiyalashda o’qituvchining bilim saviyasi, dunyoqarashi, madaniyati nutkni belgilovchi vositalar sanaladi. O’qituvchining barcha ta‘lim – tarbiya va ijtimoiy faoliyatida uning nutki aloxida urin tutadi. O’qituvchi birinchi galda o’quvchilarni so’z yordamida o’qitadi.
«Talaba – tuldirib turilishi lozim bo’lgan idish emas, balki yokib qo’yish lozim bo’lgan mash‘aldir», - deyishadi kadimgi greklar. Bola qalbida ezgulik, mehr – muxabbat mash‘alini yokish o’qituvchining mukaddas vazifasidir.
O’quvchilarni mustakillik, milliy istiklol mafko’rasi goyalari, vatanparvarlik, mexnatsevarlik, xalqimizga, tariximizga, madaniy merosimizga, kadriyatlarimizga xurmat, ogoxlik, iymon, e‘tikod, odamiylik goyalari ruhida tarbiyalashda o’qituvchi nutki kudratli vositadir.
«Shuni aloxida ta‘kidlash zarurki, tafakkur so’z vositasida shakllanuvchi bo’lganligidan o’qituvchi o’qituvchi nutki yordamida o’quvchi yangi – yangi ilmiy axborotlarni, bilimlarni o’zlashtiradi, ma‘naviy boyib boradi, axloq – odob, madaniyat marralarini egallaydi.
Ta‘lim berish jarayoni xis – tuygularga boy, emotsional jarayon. Agar o’quvchilarga beradigan axborotimiz ularda xech qanday xis – tuygu uygotmasa, uni o’quvchilar yaxshilab eslab qola olmaydilar. Gap o’quvchilarning ruhiy holatlari, ya‘ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida borishi kerak. Ulardagi kuvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali kiladi. O’quvchilar xis – xayajonga tula emotsional ruhdagi materallarni durustrok o’zlashtirib oladilar. Bunda o’qituvchining ta‘sirchan so’zi, nutki, umuman nutk madaniyati kudratli vositadir.
O’qituvchi o’quv jarayonining emotsional tomoni haqida gamxurlik qilishi kerak. Ta‘lim mazmuni murakkablashib, xajmi esa nixoyat kattalashib ketdi. Uning muvaffakkiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’quvchilarning ukish faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuygular o’quv mexnatining samaradorligiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
Maktab o’quvchilarida o’quv mexnatiga ijobiy munosabat uygotib, mexnatning xakikiy ijodga, kuvonch manbaiga aylanishiga kumaklashish kerak.
O’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilari bilan ko’proq auditoriyada, darsda, shuningdek sinfdan tashkari paytda nutkiy muloqotda bo’ladi. Uning nutki ilmiy – pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday nutkda ilmning turli soxalariga oid koidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Uning o’ziga xosligi tarbiyachi ekanligi bilan harakterlanadi».12
O’qituvchi nutkining pedagogik va psihologik asoslari. Har bir o’qituvchi nutkiy faoliyat turlari, nutk apparati, nutkning vazifalari, nutkning uslubiy turlari , o’qituvchi nutkining sifatlarini, nutk texnikasi asoslarini, pedagogik nutk muloqotning o’ziga xos xususiyatlarini va bashqalarni mukammalrok bilishi kerak.
Shu bilan birga o’qituvchi nutkining o’ziga xos xususiyatlarini, notiklik mahoratini, nutk madaniyatining pedagogik – psihologik asoslarini chuqur bilishi kerak.
Nutk ta‘lim – tarbiyaning eng muxim vositasidir. O’qituvchi notiklik bilimlarini o’quvchilarga nutk orkali berishda pedagogika va psihologiya fanlarining asoslariga, qonuniyatlariga tayanadi. Notiklik mahorati o’qituvchidan pedagogika va uning asosiy qonuniyatlarini, printsiplarini bilishni va ularni dars, darsdan tashkari mashgulotlarda, nutk jarayonida to’g’ri tadbik eta bilishni talab etadi.
O’qituvchi nutkining pedagogik asoslari :
Ma‘lumki, pedagogika fani maxsus tashkil qilingan ta‘lim – tarbiya jarayonida inson shaxsini rivojlantirish, ma‘lumotli qilish va shakllantirishning moxiyati va qonuniyatlari haqidagi fandir. Shu sababli ta‘lim – tarbiya, ma‘lumot, rivojlantirish, shakllantirish pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Xozirgi kunda o’zluksiz ta‘limni amalga oshirish sharoitida har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalab yetkazishda pedagogika fanining mavkei oshib bormokda. Mustakil respublikamizning fukarolarini yangicha tarbiyalash, o’qitish, komil inson kilib shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda pedagogika fani ko’p ishlarni amalga oshirishi zarur.
O’qituvchi nutkining pedagogik asoslari deganimizda bevosita o’qitishning va tarbiyalashning qonuniyatlariga amal qilishni nazarga tutamiz.
Pedagogikaning didaktika bulimi ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. U ta‘lim berish nazariyasi xisoblanadi. Shu jumladan, ayrim fanlar o’qitish uslubiyati ham unga tayanadi.
Ayni vaqtda umumiy didaktika ta‘lim jarayonining qonun – koidalarini ochib bergan holda xususiy metodikalardan material oladi.
O’qituvchining vazifasi -- o’quvchi ongiga tayyor bilimlarni «qo’yish»dan iborat bulmay, balki ularni darsda , nutkda tilga olingan masalalar ustida fikr – muloxazalar yuritishni o’rgatishdan iborat. 13
O’qitish – ta‘lim jarayoni ikki yoklama jarayondir. Chunki unda ikki shaxs – o’qituvchi bilan tinglovchi /o’quvchi/ ishtirok etadi. Nutk bu o’qituvchining o’quvchilarga bilim, kunikma va malakalar berishi, ularda yangi xakikatlarni ocha bilishga kodir bo’lgan ijodiy, mantikiy tafakko’r tarbiyasidir.
O’qituvchi nutkini tinglash – o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan berilgan bilimlarni, kunikmani o’zlashtirish, kabul qilish jarayoni, o’zlarida bilish qobiliyatini, fikrlash operatsiyalarini va harakatlarini tarkib topish jarayonidir.
O’qitish, ta‘lim berish jarayonida bilish nazariyasining asosiy koidalari yotadi. Bu nazariya asosida inson dunyoni biladi. Bilish yullari – jonli mushoxadadan abstrakt tafakko’rga va undan va undan amaliyotga utishdir. Bilish xissiy va akliy bilishdan iborat. Insonning ana shu bilish jarayonida uning nutki katta rol uynaydi. Nutq albatta, ogzaki va yozma bo’ladi .
Shu tufayli o’qituvchining nutki ham real asosda predmet va xodisalarni ko’zaatish asosida to’zilgan bo’lib, ularni rivojlantirishni xis etgan holda yangi vazifalarni ishlab chikkan holdagina o’quvchilarga manzur bo’ladi.
Shunday qilgan takdirda, o’qituvchi o’quvchilarda tasavvurlar va tushunchalarning shakllanishiga, ularni o’zlashtirib olishlariga e‘tibor beradi, bilimlarni xayotga tadbik etishni ko’rsatadi, dunyoqarashni shakllantiradi.
O’qituvchi nutkining psixologik asoslari :
Har bir o’qituvchi o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlanar ekan, u pedagogika bilan bog’liq holda psihologiya fanini ham o’rganadi. Chunki psihologiya fanini yaxshi bilmay turib, notiklik mahoratini, nutk madaniyatini egallab bulmaydi. O’qituvchi o’quvchilarning psihologiyasini bilish bilan bir katorda uning nutki psihologik jixatdan to’g’ri to’zilishi lozim. Har bir dars, har bir mashgulot psihologik nuktai – nazaridan talabga javob berishi darkor.
Chunki, har bir o’qituvchi o’z nutki bilan o’quvchilarni ishontiribgina kolmasdan, balki ularni xayajonlantirishi, xissiyotlarini uygotishi, emotsional ta‘sir ko’rsatishi kerak. O’qituvchi auditoriyaga ta‘sir etibgina kolmay, auditoriya bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. O’z navbatida o’quvchi ham mashgulot jarayonida o’qituvchiga ta‘sir ko’rsatadi.
«O’qituvchi nutki, notiklik mahorati bir kancha psixologik qonuniyatlarga amal kilsagina, ta‘lim – tarbiyaviy vazifani bajara oladi».14
Shu jumladan, o’qituvchining dars utishi jarayonida, lektsiya, suxbat yoki xikoya qilishi vaqtida nutkning sur‘ati o’quvchilarning fikrlash darajasiga, qobiliyatiga mos bo’lishi kerak.
Bu muxim psihologik qonuniyat. Bolalarning fikrlash darajasi yoshiga qarab o’zgarib boradi. Bu holat ham xisobga olinib borilishi zarur.
O’qituvchi darsda o’z nutkini psihologik nuktai nazaridan to’g’ri to’zishi uchun o’quvchi xayotining ruhiy xususiyatlariga, sezish va idrok, tasavvur, tafakko’r, xotira, xissiyot, iroda va bashqalar kiradi.
Masalan, ruhiy xususiyatlardan biri idrokni olib karasak, nutk jarayonida o’quvchi nutkni ixtiyoriy idrok qilishga erishish lozim.
Ba‘zan o’qituvchi nutk so’zlab to’rganda o’quvchi unga tikilib to’rgan bo’lsa ham, uni idrok kilmay to’rgan bo’lishi mumkin. Buning sababi o’quvchining dikkati sezgi organlariga ta‘sir kilib to’rgan ob‘ektlarga chalgib, xayol kochganligidir. Bunday paytda o’qituvchi o’quvchining ruhiy holatidan kelib chikmagan bo’ladi. Bunday holatda xayotiy suroklar, xitoblar, nutk oxangini o’zgartirish kerak bo’ladi.
O’qituvchi nutki jarayonida o’quvchi tasavvuri katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra o’quvchida tiklash tasavvuri, ijodiu tasavvur, ixtiyoriy va ixtiyorsiz tasavvurlarga bulinadi.
Dars va darslardan tashkari vaqtlarda o’qituvchi nutki tasavvo’rni rivojlantirib kolmasdan, dars jarayonida kullaniladigan turli ko’rgazmali ko’rollar, usul va vositalar ham o’quvchi tasavvurini rivojlantirishga yordam beradi.
Asosan, o’qituvchi nutki o’quvchilarda fikrlarni, tafakko’rni analiz, sintez, xulosalar chikarish, qiyoslash va bashqa jarayonlarni tartibga solib turadi va bashqaradi.
Ta‘limning psihologik asoslari orasida inson ruhiy jarayonining eng muxim tomoni -- xotiradir. O’qituvchi asosan o’z nutkini bolalar xotirasini rivojlantirishga karatadi.
Ongimizda aks ettirgan narsalarni mustaxkamlash, saklab qolish va keyinchalik tiklash, esga tushirishdan iborat bo’lgan akliy faoliyat xotira deyiladi.
Har bir kishi o’zi k o’rgan va eshitgan narsasini ogzaki va so’z nutq bilan idora kilib turib xotirada saklaydi. Shuning uchun har bir o’qituvchi o’z nutkining emotsionalligini, jushkinligini oshirib borishi kerak.
Natijada o’qituvchi nutki jarayonida o’quvchilarda sezish, kabul qilish, tasavvur, tafakko’r, xissiyot, xotira va iroda kabi ruhiy xususiyatlarning tarkib topishi, rivojlanishiga olib keladi.
Demak, notiklik mahorati o’quvchidan mantik, pedagogika, psihologiya, etika, estetika fanlarini va ularning qonuniyatlarini yaxshi bilishni talab etadi.
O’qituvchi nutkining o’ziga xos xususiyatlari. O’qituvchi nutki ta‘lim – tarbiya berishning asosidir. Shuning uchun ham mustakil O’zbekistonning har tomonlama barkamol, soglom, ma‘naviy yetuk fukarolarini tarbiyalab yetkazishdek sharafli vazifa yuklangan. Har tomonlama yetuk soglom avlodni tarbiyalashda o’qituvchining bilimi, dunyoqarashi, onggi, madaniyati nutkni belgilovchi vositalar xisoblanadi.
O’qituvchi o’z faoliyatidagi juda ko’p ishni nutk orkali amalga oshiradi. O’qituvchi faoliyatidagi har qanday dars va tarbiyaviy jarayon uning nutki orkali amalga oshiriladi. Uning nutki ilmiy va pedagogik mazmun kasb etadi. Shu sabali o’qituvchi nutki ilmiy – goyaviy jixatdan yuksak madaniyatli, ravon, yumshok, dilkash bo’lishi lozim. Har bir nutk bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchalarini nazarda tutgan holda to’zilishi lozim.
O’qituvchi nutki avvalo o’quvchilarga akaratilgan yoki yunaltirilgan, undalma nutkdan iborat. Bunda o’qituvchi gapirayotgan gaplarini o’quvchi kay darajada kabul kilayotganligini xisobga oladi. O’qituvchi o’z nutkida xikoya kilib berishi, suxbat o’tkazishi va maktab lektsiyasidan foydalanishi mumkin. O’qituvchi gapirayotganida sinfda, bolalarning yo’z – ko’zlarida sodir bulayotgan o’zgarishlarga e‘tibor berib boradi. Shu sababli dars jarayonida ta‘limiy maksadni ko’zlab amalga oshiriladigang muloqotni o’quv nutk faoliyati deb baholash mumkin.
O’quv nutq faoliyati tabiiy nutk faoliyatidan quyidagilari bilan farq kiladi:
Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat o’qituvchining rejasi buyicha utkaziladigan ta‘limiy maksadlar bilan cheklangan faoliyatdir. Shu sababli nutk faoliyati uchun zarur bo’lgan ruhiy kechinmalar o’qituvchi tomonidan turli ta‘limiy usul va vositalar yordamida yo’zaga keltiriladi.
Kullanilgan ta‘limiy vositalar o’quvchining ongiga tashkaridan ta‘sir etishi muljallanganligi tufayli har doim ham kerakli ruhiy kechinmani yo’zaga keltira olmaydi. Natijada o’quv nutk faoliyatini yulga qo’yishda bir kator jiddiy qiyinchiliklar yo’zaga keladi.
Aslida o’quv nutk faoliyatining asosiy maksadi bilimlarni o’zlashtirish, o’qituvchi tomonidan o’quvchilar e‘tiborini kozonish.
Mashgulot jarayonida o’quv nutk faoliyatini yo’zaga keltiruvchi sabab o’qituvchi tomonidan berilgan topshirigini bajarish, bilim, kunikmalarini egallash zaruriyatidir.
Darsdagi vaziyatga qarab muloqot vaqtini kancha davom etishini o’qituvchining o’zi belgilaydi.

Yüklə 131 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin