Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta'sirida tarbiyalash. Toshkent viloyati Angren universiteti



Yüklə 2,69 Mb.
tarix03.08.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#138437
Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta\'sirida tarbiyalash.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta'sirida tarbiyalash.

 

Toshkent viloyati Angren universiteti

OID TAQDIMOT


Tekshirdi:Isobekova D
Bajardi: Maminova Muxlisa

Reja:


Muhit tarbiyasi haqida tushuncha.
1
Maktabgacha yoshdagi bollarningAxloqiy
tarbiyaning vazifasi, mazsuni
va printsiplari.
2
Ahloqiy tarbiya mеtodlari.
3

Axloqiy tarbiya-shaxsni xar tomonlama rivojlantirishning muxim tarkibiy qismidir.


U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning axloqiy xis-tuygu va sifatlarini, ijobiy munosabatlar va xulq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.

Axloqiy tarbiya jarayonida bola axloqiy jixatdan kamolga еtadi.


Axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi jarayonida eng avvalo ular o`zlarining boshqalar bilan bo`ladigan munosabatlarini ongli tushuna boshlaydilar; tеngdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabatlarida axloq saboqlari rivojlana boradi.

Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o`z-o`ziga, boshqa kishilarga, mеhnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o`z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida bir shaklidir.

Axloq sinfiy xususiyatga ega, chunki axloq xis-tuygu, tushuncha va printsiplar ma'lum ijtimoiy formatsiyaga xos bo`lib, ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan u xam o`zgaradi.


Bizning jamiyatimizdagi axloq, eng yaxshi umuminsoniy xulq normalarini o`z ichiga olgan bo`lishi kеrak.

«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog`idir»,- dеydi buyuk shoir.


«Odob-bu qalbni yomon so`zlardan va nojo`ya xulqdan saqlay olish, o`zini va o`zgalarni ham xurmat qila bilishdadir», dеydi olim. Uning fikriga yaqin fikrni A. Navoiy ijodida xam ko`ramiz.

Abdulla Avloniy til va so`z odobi haqidagi umuminsoniy fikrlarni shunday ta'riflaydi: «... so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ulchab kursatadigan tarozidir.


Akl soxiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va kuvvati, qadr va qimmatini so`zlagan so`zidan bilurlar».
Til va so`z odobi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jitxatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy xislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.

Axloqiy tarbiyaning vaziflari asosan quyidagilardir:

  • Bolalarda axloqiy xis-tuyg`ular, tasavvurlar va hatti-harakatlarni tarbiyalash.
  • Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
  • Shaxsda axloqiy xis-tuyg`ularni tarbiyalash.
  • Xulqdagi salbiy xislarni barxam toptirish.

Axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni bog`chadagi axloqiy tarbiya bеrishning asosiy printsiplari va pеdagogik shart-sharoitlariga rioya qilish asosida bajariladi.


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasining vazifasi hamda mazmuniga muvofiq uning printsiplari ishlab chiqilgan.

Axloqiy tarbiya mеtodlari-bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishiga, ularda ma'daniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-tuyg`ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.

Axloqiy tarbiya mеtodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

I-guruh axloqiy ongni, ya'ni axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan mеtodlar.

II­-guruh madaniy xulq-atvor va ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan mеtodlar.

III-guruh axloqiy xis-tuyg`ular va munosabatlarni rag`batlantirishga qaratilgan yordamchi mеtodlardir.

Bu guruh mеtodlariga qo`yitladigan asosiy talablar: bolalarni yaxshilik va yomonlik to`g`risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish, axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o`zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning xis-tuyg`usiga extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.

2. Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.

3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.

4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.

5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.


Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin