52
- auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini
rivojlantirish
va
takomillashtirish
masalalarida
auditorlik
tashkilotlarini
muvofiqlashtirish va birlashtirish;
- audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik
xizmatlari bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish,
halol raqobatni rivojlantirish;
- Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz
bajarish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
- auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish,
o’qitish va o’tkazish tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish;
- auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar
tarmog’ini yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga
muvofiq auditor va buxgalter xodimlarini professional darajasini oshirishga
ko’maklashish;
- buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi
va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs,
simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;
Dostları ilə paylaş: